Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar 1. Qaysi qatordagi gap sodda yig‘iq gapga misol bo‘la oladi?
A) Biz cho‘mildik. B) Men kitobni kecha o‘qidim. C) Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz? D) Tinchlik tufayli yurt obod.
2. Gapning kesimi yoki egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo‘laklar…
A) bosh bo‘laklar B) aniqlovchi va izohlovchi C) ikkinchi darajali bo‘laklar D) ajratilgan bo’laklar
3. Ega va kesimdan boshqa bo’laklar bilan kengaygan gap…
A) ikki bosh bo’lakli gap B) soda yoyiq gap C) murakkab gap D) bir bosh bo’lakli gap
Hol haqida umumiy ma’lumot 1. Murakkab holli gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Urush boshlanganda u hali ko‘krakdan ajralmagan go‘dak edi. B) Sharifa bilan Nasiba arazlashganda, Durdona ularni yarashtirib qo‘ydi. C) Barcha gaplarda murakkab hol qo‘llangan. D) Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko‘chaga otildi.
2. Murakkab hollar ifodalanishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
3. Hol vazifasida kelgan son qaysi qatorda qo'llangan?
A) Domlalar ham bitta-bitta tarqala boshladi. В) Ikkinchisi Ahmadjonning boshini yalab o'tdi. C) Sizdan o'tinib so'rayman: bu gapingizni ikkinchi aytmang. D) A, C
4. Qaysi qatorda hol ibora bila ifodalangan?
A) O’g’lining to’yini ko’rolmadi bechora, dunyodan ko’zi ochiq ketdi. B) O‘rinbosarning bunday xushomadlar oldida og‘zining tanobi qochadigan odati bor edi. C) Urush boshlanganda u hali ko’krakdan ajralmagan go’dak edi. D) Yig’lab-yig’lab marza oplsang, o’ynab-o’ynab sug’orasan.
5. Qaysi gapda ravishdosh holni ifodalashga xizmat qilgan?
A) U she‘r yozmay qo‘ydi. B) Bu yangilikdan Diyor qotib kuldi. C) Xatni birpasda o‘qib tashladi. D) Salimni ko‘rishi bilan qotib qoldi.
6. Qaysi qatordagi gapda hol taqlid so‘z bilan ifodalangan?
A) Nodonga yuz aytsang ham befoyda. B) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat. C) Qorong‘i osmonda yulduzlar milt-milt qiladi. D) Yoqimli shamol g‘ir-g‘ir esardi.
7. Mustaqil ma‘noli so‘z turkumlaridan qaysi biri hol vazifasida kela olmaydi?
A) ot, sifat, son B) ot, son, olmosh C) hollar mustaqil ma‘noli istagan so‘z turkumi bilan ifodalanishi mumkin. D) sifat, son olmosh