Intensiv kurs


Gap urg‘usi (mantiqiy urg‘u)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə41/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Gap urg‘usi (mantiqiy urg‘u)
1. Gapda so‘zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko‘rsatilgan bo‘lakning kuchli ohang bilan aytilishi…
A) gap urg‘usi deyiladi B) leksik urg‘u deyiladi C) undalma deyiladi D) so‘z urg‘usi deyiladi
2. Biz kecha muzeyga bordik (biz bordik). Ushbu gapda mantiqiy urg‘u qaysi so‘zga tushgan?
A) muzeyga B) kecha C) biz D) bordik
3. Biz kecha muzeyga bordik (kecha bordik). Ushbu gapda mantiqiy urg‘u qaysi so‘zga tushgan?
A) muzeyga B) kecha C) biz D) bordik
4. Gap urg‘usi gapning qaysi bo‘laklariga tushishi mumkin?
A) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol B) kesim C) faqat kesimdan oldingi bo‘lakka D) A va B
To‘liq va to‘liqsiz gaplar
1. To‘liqsiz gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shoira o‘zi yozgan she’rini o‘qidi. B) O‘n daqiqadan keyin. C) U chin dildan gapirdi. D) Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi?
2. Kesim va unga oid so‘zlar tushirib qoldirilgan to‘liqsiz gap berilgan javobni toping.
A) – Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi? – Vijdonim, xalqimning amri. B) – Siz she’r ham yozyapsizmi, Oydin? – Yozyapman. C) – Ishni men kimdan qabul qilib olayotibman? – Byuro a’zosidan… D) – Kim muzeyga bormoqchi? – Hammamiz boramiz.
6-DARS. UYUSHIQ BO‘LAKLI GAPLAR, ULARDA OHANG VA
TINISH BELGILARI. AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR. (107-120-betlar)
Reja:

1. Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumot.


2. Uyushiq kesim.
3. Uyushiq ega.
4. Uyushiq hol.
5. Uyushiq to‘ldiruvchi, uyushiq aniqlovchi.
6. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z.
7. Ajratilgan bo‘lakli gaplar, ularda ohang va tinish belgilari.
8. Ajratilgan hol, ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan aniqlovchi.

Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumot
1. Uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gapni toping.
A) Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo‘ldi. B) Men bu masalani uqqanman va yechganman. C) Ichkaridagi hamda tashqaridagi gilos va o‘rik daraxtlari qiyg‘os gulladi. D) Hamma chuqur xo‘rsindi, Anorxon piq-piq yig‘ladi.
2. Uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) va, hamda, chunki B) -u, -yu, negaki C) hamda, agar, biroq D) va, ammo, bilan
3. Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelmaydi?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) barcha gap bo‘laklari uyushib keladi
4. Uyushiq bo‘laklar ishtirok etmagan gapni toping.
A) Biz harbiy uchuvchi va vatan posbonlari bo‘lamiz. B) Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. C) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda chumchuqlar chug‘urlashadi. D) Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi.
5. Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig‘isi, dod-voyi qo‘shilib ketdi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi B) aniqlovchi, hol, ega C) aniqlovchi, ega D) to‘diruvchi, hol
6. Uyushiq bo'lakli gapni aniqlang.
A) Sabr-toqatga qodir odam xohlagan narsaga erishishga ham qodir. B) G'azab bilan boshlangan narsa uyat bilan tugaydi. C) Vazmin va xushmuomala qariya hammaga yoqadi. D) Xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning sog'lom bo'lishidir.
7. Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo'laklar mavjud emas?
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda chumchuqlar chug‘urlashadi. C) Til bilan dil bir bo'lishi kerak. D) Barcha gaplarda uyushiq bo'laklar mavjud.
8. Uyushiq bo'laklarga xos bo'lgan xususiyatlar qaysi javobda noto'g'ri izohlangan?
A) uyishiq bo’laklarning hammasi doimo gapning biror bo’lagiga tobelanishi shart B) uyushiq bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki tenglanish ohangi orqali birikadi C) doim bir xil so'roqqa javob bo'ladi D) doim bir xil gap bo'lagi vazifasida keladi
9. Uyushiq bo'lakli gap qatorini belgilang.
A) Kimning ilmdan rizq-u ro'zi bor, Ilm o'rganishdan aslo etmas or. B) U charchaganidan, uyqusizligidan darmonsiz edi. C) Osmonda qittak ham bulut ko'rinmaydi. D) U ostonaga yetganda to'xtadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin