Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə42/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Uyushiq kesim
1. Qaysi qatorda kesimi uyushgan gap berilgan?
A) Guliston atirgul, Gulruh qizil gul tanladi. B) Biz harbiy uchuvchi va Vatan posbonlari bo‘lamiz. C) Yigitning yuz va ko‘zida andisha, alam va hayajon alomatlari ko‘rinardi. D) Sandal to‘riga cholim bilan oqsoqol, beriroqqa ovsinim, men, Robiya o‘tirdik.
2. Kesimi uyushib kelgan gapni toping.
A) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi. B) San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etamiz. C) Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz, hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak. D) Biz harbiy uchuvchi bo‘lamiz va vatan posbonlari bo‘lamiz.
3. Qo‘shma gap berilgan qatorni belgilang.
A) Men bu masalani uqqan va yechganman. B) Siz a’lochisiz va jamoatchisiz. C) Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi. D) Daftarlarni, kitoblarni ukamga oldim.
4. Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni toping.
A) Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin til yarasi tuzalmaydi. B) Men bu masalani uqqanman va yechganman. C) Biz harbiy uchuvchi bo’lamiz va vatan posbonlari bo‘lamiz. D) Shavkat o‘qidi, yozdi va dam oldi.
5. Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo‘laklar ishtirok etmagan?
A) Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. B) U hayajon bilan tez-tez, bo‘g‘ilib so‘zlar edi. C) Biz, sizlarning do‘stlaringiz, yo‘l qo‘yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. D) O‘n-o‘n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi.
6. U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) kesim C) uyushiq bo‘lak ishtirok etmagan D) hol
7. Turg‘unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so‘ngilari esa uni vahimaga soldi. Ushbu gapdagi uyushgan so‘zlarni toping.
A) birinchi, so‘ngilari B) Turg‘unoy, uni C) seskandi, vahimaga soldi D) uyushgan so’zlar ishtirok etmagan
8. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan?
A) kesim B) hol C) to‘diruvchi D) aniqlovchi
9. Qaysi qatorda kesimi uyushgan gap berilgan?
A) Men bu masalani uqqan va yechganman. B) Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. C) Hamma chuqur xo‘rsindi, Anorxol piq-piq yig‘ladi. D) Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin til yarasi tuzalmaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin