Intensiv kurs


Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə44/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z
1. Hammasi // quyosh ham, oy ham, daryo-yu dengiz ham yigitga yordam berdi. Berilgan gapdagi umumlashtiruvchi so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) nuqtali vergul C) vergul D) ikki nuqta
2. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa, uyushiq bo‘laklardan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) nuqtali vergul C) vergul D) ikki nuqta
3. Umumlashtiruvchi so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Bola qoshida ota-onaning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmasligi ularning o‘z izzat va hurmatlari ildiziga o‘z qo‘llari bilan urilgan o‘tkir boltadir. B) Samarqandlik, bog‘dodlik, misrlik va xitoylik – hamma sayyohlarga bu shahar manzur bo‘ldi. C) Bugungi yig‘ilishimizda hamma ishtirok etishi kerak. D) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi.
4. Yig‘ilishda hech kim … na Sa’dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadi. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) vergul
5. Quyidagi uyushiq bo‘lakli gaplarning qay birida umumlashtiruvchi so‘z mavjud emas?
A) Hammasi: quyosh ham, oy ham, daryo-yu dengiz ham yigitga yordam berdi. B) Xolmurodning do‘stlari: Jahongir, Nodira va Naziralar ham birin-ketin qaytib kelishdi. C) Berilgan barcha gaplarda umumlashtiruvchi so‘z mavjud. D) Suv, yer, elektr – bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash‘a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
6. Oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo‘shni o‘g‘il-qizlarni ham, ko‘cha-kuydagi begona bolalarni ham xullas barchani sizlab gapirardi. Ushbu gapda uyushgan bo‘lak va umumlashtiruvchi qism orasida qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
A) uyushgan bo‘laklardan keyin va umumlashtiruvchi bo‘lakdan oldin vergul qo‘yiladi B) uyushgan bo‘laklardan keyin tire, umumlashtiruvchi bo‘lakdan oldin vergul qo‘yiladi C) uyushgan bo‘laklardan keyin vergul, umumlashtiruvchi bo‘lakdan oldin tire qo‘yiladi D) uyushiq bo‘laklardan keyin va umumlashtiruvchi bo‘lakdan oldin tire qo‘yiladi
7. Quyosh, havo, suv hammasi bizning eng qadrli do‘stimiz. Ushbu gapdagi umumlashtiruvchi so‘zdan oldin qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) nuqtali vergul D) tire
8. Bittangiz // yo Shahobiddin yoki siz zo’zga chiqasiz. Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
9. Majlisda qatnashdilar: Salim Naimov, Shokir Otaqulov, Rustam Sharipov. Ushbu gapda ikki nuqtaning ishlatilish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirgani uchun B) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi so‘z kelganligi uchun C) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi so‘z bo‘lmasa ham ohang va mazmunga ko‘ra D) ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak o‘rtasida

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin