Intensiv kurs


Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə51/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar
1. Qo‘shma gap qismlarini bir-biriga bog‘lashda ishtirok etuvchi yuklamalarni ko‘rsating.
A) -u, -yu, -mi, -chi B) -da, -a, -ya, -ki C) -ku, -u, -mi, -da D) -u, -yu, -da, -ki
2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) teng bog‘lovchilar, bo‘g‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang B) ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, ko‘makchili qurilmalar C) teng bog‘lovchilar, yuklamalar, shart mayli qo’shimchasi (-sa) D) berilganlarning barchasi to‘g‘ri
3. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar keltirilgan qatorni toping.
A) chunki, bo‘lsa, -ki, shu sababli B) deb, -da, shuning uchun, -sa C) zeroki, yo, bo‘lsa, shuning uchun D) dam..., dam..., esa, -u, shu tufayli
4. Qaysi vosita orqali bog‘langanda qo‘shma gap qismlari ergash gap + bosh gap shaklida bo‘ladi?
A) shuning uchun B) negaki C) -ki yuklamasi D) bo‘lsa, esa so‘zlari
5. Faqat ergash gapli qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar berilgan qatorni toping.
A) negaki, bo‘lsa, -sa B) shuning uchun, hamda, deb C) chunki, deb, -ki D) zeroki, esa, shu sababli
6. Qaysi qatorda faqat ko‘makchili qurilmalar berilgan?
A) tufayli, kabi B) shuning uchun, shu tufayli C) bo‘lsa, qancha – shuncha D) shu kabi, shunga ko‘ra
7. Ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. B) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. C) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. D) Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir.
Qo‘shma gaplar tasnifi
1. Qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi?
A) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra B) tobe yoki teng munosabatda bo‘lishiga ko‘ra C) qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra D) bog‘lovchi vositalar orqali yoki bog‘lovchilarsiz bog‘lanishiga ko‘ra
2. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Sen borsan, ko‘nglim to‘q. B) Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi, deydilar. C) Quyosh va tog‘da qushlarning xush navosi boshlandi. D) Goh kechalari shamol bo‘riday uvillab chiqar, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi.
3. Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar qanday turlarga bo‘linadi?
A) ergashgan qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar orqali bog‘langan qo‘shma gap va ohang orqali bog‘langan qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap va bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) teng bog‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap, ergashtiruvchi bo‘g‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap
2-DARS. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR. (22-39-betlar)
Reja:
1. Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot.

2. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap.


3. Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.

5. Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
6. Mustahkamlash.
7. Ergashgan qo‘shma gaplar haqida ma’lumot.
8. Bosh va ergash gap.
9. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar.
10. Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar.
11. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin