Intensiv kurs


Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə54/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
1. Qaysi bog‘lovchilar qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi?
A) ayiruv bog‘lovchilari B) zidlov bog‘lovchilari C) biriktiruv bog‘lovchilari D) bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar
2. Ayiruv bog‘lovchilaridan qaysi biri yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanishi mumkin?
A) goh…, goh B) dam…, dam C) yo…, yo D) ba’zan…, ba’zan
3. Ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gap berilmagan qatorni toping.
A) Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. B) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o‘zini bilmaslikka soladi. C) Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. D) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.
4. Tarkibida ayiruv bog‘lovchisi mavjud bo’lmagan gapni toping.
A) Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. B) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. C) Yo urug‘ aynigan, yo agrotexnika qoidalari buzilgan. D) Ba’zan o‘qishdan charchagan kezlarimda, qishloqqa – ota-onam huzuriga borib turaman.
5. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul qay tarzda qo‘llanadi?
A) takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi B) ayiruv bog‘lovchisi yakka holda qo‘llansa, qo‘shma gap qismlari orasida vergul ishlatilmaydi C) ayiruv bog‘lovchisi takror qo‘llanganda, takrorlangan bog‘lovchidan keyin vergul qo‘yiladi D) A va B
6. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida qo‘llangan ayiruv bog‘lovchisi voqea-hodisaning galma-gal ro‘y berishini ifodalagan?
A) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. B) Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. C) Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging. D) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham o‘zini bilmaslikka soladi.


Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etuvchi bo‘lsa, esa so‘zlarining gapda joylashish o‘rnini ko‘rsating.
A) qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi B) gap boshida keladi C) qiyoslanuvchi bo‘lakdan oldin keladi D) bo‘lsa, esa so‘zlarining ishlatilish o‘rni erkin
2. Bo‘lsa, esa so‘zlari o‘rnida zidlov bog‘lovchilari qo‘llanganda gapda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
A) hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi B) zidlov bog‘lovchisi qiyoslanuvchi bo‘lakdan oldinga o‘tadi C) zidlov bog‘lovchisi qiyoslanuvchi bo‘lakdan keyinga o‘tadi D) bu so‘zlarni almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi
3. Qaysi so‘zlar bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi?
A) bo‘lsa, esa B) va, hamda C) ammo, lekin D) -u, -da
4. Qo‘shma gaplar o‘zaro qiyoslanib bog‘langanda, qiyoslanuvchi bo‘lakdan keyin qaysi so‘zlar qo‘llanishi mumkin?
A) go‘yoki B) bo‘lsa C) esa D) B va C
5. Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan?
A) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz. B) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to‘g‘rilik bo‘lsa uni saodatga boshlaydi. C) Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz. D) Sabr bila bog‘liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko‘p toyilur.
6. Qaysi qatordagi bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida qiyoslash munosabati mavjud?
1. Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. 2. Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 3. Jahl – dushman, aql esa do‘stdir. 4. Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) berilgan barcha qo‘shma gap qismlari orasida zidlash munosabati mavjud D) 1, 4


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin