Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə56/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Bosh va ergash gap
1. Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’i nazar, doimo necha qismdan iborat bo‘ladi?
A) to’rt qismdan B) uch qismdan C) ikki qismdan D) birdan ortiq qismdan
2. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh gap…
A) ergash gap mazmunini izohlovchi gap B) hamisha ergash gapdan keyin keladi C) mazmuni izohlanayotgan gap D) bog‘langan qo‘shma gaplarda ikkita bo‘ladi
3. Ergashgan qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshamaydi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) doim ikki qismdan tashkil topishiga ko‘ra C) hokim va tobe munosabatda bo‘lishiga ko‘ra D) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra
4. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gapning joylashish o‘rni to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) ergash gap bosh gapdan oldin keladi B) bosh gap ergash gapdan oldin keladi C) ergash gap bosh gap o‘rtasida keladi D) ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki bosh gap o’rtasida kelishi mumkin
5. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida bosh gap ergash gapdan oldin kelgan?
A) Vatanimiz kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi. B) To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost so‘zlashga odatlan. C) Agar Alloh oldida javobgar bo’lsang, boshing, shaksiz, kesilgay. D) A, C
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
1. 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; 2) ko‘makchili qurilmalar; 3) ayiruv bog‘lovchilari; 4) yuklama
(-ki); 5) bo‘lsa, esa so‘zlari; 6) zidlov bog‘lovchilari; 7) nisbiy so‘zlar; 8) deb so‘zi. Yuqorida berilgan bog‘lovchi vositalardan qaysilari faqat ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) 1, 2, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 7, 8 D) 1, 2, 4, 7, 8
2. Yuklamaning qaysi turi ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) -u, -yu, -da B) -ki C) -u, -yu, -da, -ki D) -ki, -gach
3. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi qaysi vositalar ikkala qismda ham mavjud bo‘ladi?
A) ko‘makchili qurilmalar B) nisbiy so‘zlar C) ko‘rsatish olmoshlari D) ayiruv bog‘lovchilari
4. Nisbiy so‘zlarning qo‘shma gap tarkibidagi joylashish o‘rnini aniqlang.
A) bosh gap tarkibida bo‘ladi B) ergash gap tarkibida bo‘ladi C) bosh gap yoki ergash gap tarkibida bo‘ladi D) bosh gap va ergash gap tarkibida bo‘ladi
5. Ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. B) Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. C) Olim kishilar har yerda hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘l. D) Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin