Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar 1. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari ergash gap oldidan keladi?
A) chunki, negaki B) agar, basharti C) go‘yo, xuddi D) sanalganlarning barchasi
2. Qo‘shma gap qismlari qaysi bog‘lovchilar orqali bog’langanda ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi?
A) shart bog‘lovchilari B) ko’makchili qurilmalar C) deb so‘zi D) sabab bog‘lovchilari
3. Shart bog‘lovchilarining qo‘shma gaplarda ishlatilish o‘rnini aniqlang.
A) Shart bog‘lovchilari bosh gap tarkibida bo‘ladi va bosh gap ergash gapdan oldin keladi. B) Shart bog‘lovchilari ergash gap tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi. C) Shart bog‘lovchilari har ikki qismda ishlatilishi mumkin. D) Shart bog‘lovchilari bosh gap tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, … boshqa qaytarilmasin. Nuqtalar o‘rniga kerakli bog‘lovchini qo‘ying.
A) va B) chunki C) toki D) ammo
5. Qaysi bog‘lovchilar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapdan keyin keladi?
A) chunki, toki, basharti B) negaki, agar, xuddi C) negaki, toki, go‘yo D) chunki, mabodo, shuning uchun
6. Qaysi bog‘lovchilar orqali bog‘langanda bosh gap ergash gapdan keyin keladi?
A) sabab, maqsad, shart bog‘lovchilari B) maqsad bog‘lovchilari C) shart bog‘lovchilari D) sabab bog‘lovchilari
7. 1) sabab bog‘lovchilari; 2) maqsad bog‘lovchilari; 3) shart bog‘lovchilari; 4) qiyoslash-chog‘ishtiruv bog‘lovchilari. Yuqorida berilgan ergashtiruvchi bog‘lovchilardan qaysilari bilan bog‘langanda ergash gap bosh gapdan keyin keladi?
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 1, 2 D) 1, 4
8. Sabab bog‘lovchilari berilgan qatorni ko‘rsating.
A) chunki, shuning uchun B) toki, deb C) chunki, negaki D) shuning uchun, shu tufayli
9. Qaysi bog‘lovchilar orqali bog‘langanda bosh gap ergash gapdan keyin keladi va ergash gap kesimi ko‘pincha III shaxs buyruq mayli shaklida bo‘ladi?
A) deb so‘zi B) maqsad bog‘lovchilari C) sabab bog‘lovchilari D) shart bog‘lovchilari
10. Qaysi bog‘lovchilar ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) chunki, negaki B) agar, basharti C) shuning uchun, shu tufayli D) toki
11. Qo‘shma gap qismlari shart bog‘lovchilari orqali bog‘langanda, ergash gap kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) shart mayli shaklida B) buyruq mayli shaklida C) istak mayli shaklida D) xabar mayli shaklida
12. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) sabab bog‘lovchisi ergash gap boshida keladi B) maqsad bog‘lovchisi ergash gap boshida keladi C) ko‘makchili qurilmalar ergash gap tarkibida bo’ladi D) qiyoslash-chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida keladi
13. Qaysi qatorda qiyoslash-chog‘ishtiruv bog‘lovchilari berilgan?
A) go‘yo B) go‘yo, go‘yoki C) go‘yo, go‘yoki, xuddi D) go‘yo, go‘yoki, xuddi, naq