Intensiv kurs


Hol ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə63/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Hol ergash gapli qo‘shma gaplar
1. “Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam”. Berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga tegishli?
A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) hol ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap
2. Sabab ma’nosi ifodalangan hol ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka kelishdik. B) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. C) Zarifa qiziq gap aytdi shekilli, u kulib yubordi. D) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo‘ladi.
3. Gafuf G’ulom etagini silkitsa, kulgi to’kilardi. Ushbu hol ergash gapli qo‘shma gap turini belgilang.
A) sabab B) maqsad C) payt D) shart
4. Hol ergash gapli qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. B) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. C) Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan yuradi. D) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
5. Yana ikki ko‘z ham berdim, yov kelganda ko‘rsin deb. Mazkur gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
6. Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘lg‘ay. Qo‘shma gap turini aniqlang.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
7. Qo‘shma gap turini aniqlang. Jahl kelsa, aql qochadi.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
8. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. Ushbu gap hol ergash gapning qaysi turiga mansub?
A) sabab ergash gap B) shart ergash gap C) payt ergash gap D) o‘rin ergash gap
9. Maqsad ma’nosi ifodalangan hol ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi. B) Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. D) Yana ikki ko‘z ham berdim, yov kelganda, ko‘rsin deb.
10. Hol ergash gap bosh gapga qaysi vositalar orqali bog‘lanadi?
1) nisbiy so‘zlar; 2) shart mayli qo‘shimchasi; 3) sabab, maqsad, shart bog‘lovchilari; 4) deb so‘zi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
11. Hol ergash gapli qo’shma gap haqida bildirilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) sabab bog‘lovchisi orqali bog‘langanda hol ergash gap bosh gapdan keyin keladi B) hol ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin C) shart bog‘lovchilari orqali bog‘langanda hol ergash gap bosh gapdan keyin keladi D) deb so‘zi orqali bog‘langanda hol ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadi yoki sababini bildiradi
12. Hol ergash gapli qo‘shma gapning qaysi ma’no turlarini hosil qilishda nisbiy so‘zlar asosiy o‘rin egallaydi?
A) o‘rin, payt, miqdor-daraja B) shart, o‘rin, sabab, maqsad C) maqsad, sabab, shart D) payt, o‘rin, sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja
13. Payt ma’nosi ifodalangan hol ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. B) Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz. C) O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo‘l hosil olasan. D) Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz.
14. Bosh gap orqali ifodalangan mazmunning miqdor-darajasini bildirgan hol ergash gap berilgan qatorni toping.
A) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. B) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi. C) Oqsoqol qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda ish bir tartibda borardi. D) Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘lg‘ay.
15. 1. Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. 2. Oyna opa xatni oxirigacha o‘qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi. 3. Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz. 4. Yana ikki ko‘z ham berdim, yov kelganda, ko‘rsin deb. 5. O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha ko‘p hosil olasan. Mazkur ergash gapli qo‘shma gaplardan qaysilari bosh gap + ergash gap shaklida joylashgan?
A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
16. 1. Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. 2. Oyna opa xatni oxirigacha o‘qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi. 3. Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz. 4. Yana ikki ko‘z ham berdim, yov kelganda, ko‘rsin deb. 5. O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha ko‘p hosil olasan. Yuqorida ergash gapli qo‘shma gapning qaysi turlari berilgan?
A) hol B) hol, aniqlovchi, kesim C) kesim, ega, hol D) hol, to‘ldiruvchi


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin