Intensiv kurs


To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə64/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar
1. Shuni unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. Ushbu qo‘shma gap turini aniqlang.
A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) hol ergash gapli qo‘shma gap C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
2. Qanday hollarda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) gap qismlari nisbiy so‘zlar orqali bog‘lansa B) bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ifodalanmay qolsa C) gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bo‘g‘lansa D) gap qismlari orasida tire qo‘yilsa
3. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi. B) Kasbim mening faxrim, umrim. C) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. D) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.
4. Akmaljon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. Ushbu qo’shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapning qaysi bo’lagini izohlab kelgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) ega
5. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on so‘zlasa, uning qulog‘i o‘sib ketarmish. B) Shunday odamlar borki, ular kelajakni oldindan bashorat qila oladi. C) Shuni unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. D) Qayerda ozodlik bo‘lsa, shu yerda erkin fikr bo‘ladi.
6. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
7. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap haqida bildirilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga nisbiy so‘zlar orqali bog‘lanadi B) ko’rsatish olmoshi va -ki yuklamasi ergash gap tarkibida bo’ladi C) gap qismlari nisbiy so‘zlar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapdan oldin keladi
D) ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanganda ergash gap bosh gapdan oldin keladi
8. Qaysi vositalar yordamida bog‘langanda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi?
A) nisbiy so‘zlar yordamida B) shart mayli shaklidagi fe’llar bilan C) kelishiklar yordamida D) -ki yuklamasi yordamida
9. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. B) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi. C) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. D) Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
10. Ergash gap bosh gapdan keyin kelgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Bilginki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. B) Shu narsa esdan chiqmasinki, odam odam bilan uchrashadi. C) Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. D) A, B
11. Bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasidagi ko‘rsatish olmoshi qo‘llanmagan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Shuni unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. B) Bilginki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. C) Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas. D) Kim izlansa, albatta, maqsadiga erishadi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin