Intensiv kurs


Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə68/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar
1. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz farovon bo‘lsin, mustaqilligimiz barqaror bo‘lsin. Berilgan gap turini aniqlang.
A) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) ergashgan qo‘shma gap
2. Tol ekdik suv bo‘yiga, soya-salqin bo‘lsin deb, G‘ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. Gapning turini aniqlang. A) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap C) hol ergash gapli qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
3. 1) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi; 2) Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman; 3) Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa; 4) Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Berilgan gaplardan qaysilari bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap hisoblanadi?
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 2, 4 D) 2, 4
4. Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) To‘g‘risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo‘lishga tirishar edi. B) Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e’tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. C) Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o‘zini salqinga oldi. D) A, B, C

Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplar
1. G‘anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma’qul bo‘lur. Qo‘shma gap turini aniqlang.
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap
2. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.
A) aralash qo‘shma gap B) bir necha ergash gapli qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
3. Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kun kelib u daraxt shig‘il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog‘diradi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap D) bir necha bosh gapli qo‘shma gap
4. Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. Ushbu gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
5. Qo‘shnilaring ko‘nsa, hammalaring yerlaringni qo‘shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman. Berilgan murakkab qo‘shma gapdagi birinchi va ikkinchi gaplar qanday gap hisoblanadi?
A) bosh gap B) ergash gap va bosh gap C) ergash gap D) bosh gap va ergash gap
6. Bosh gap + bosh gap + ergash gap shaklidagi murakkab qo‘shma gapni toping.
A) G‘anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma’qul bo‘lur. B) Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu – mening eng katta yutug‘imdir, insonlarga eng katta foydamdir. C) Kimnning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo‘ladi. D) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
7. Ergash gap + bosh gap + bosh gap shaklidagi murakkab qo‘shma gapni toping.
A) Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. B) Agar kishi o‘z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. C) O‘zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug‘, iqboli balandki, ularning O‘zbekistondek jannnatmonand yurti bor. D) A, B

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin