Aralash murakkab qo‘shma gaplar 1. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. Ushbu gap turi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) aralash murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) bir necha ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
2. Agar kishi o’z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. Berilgan gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) aralashgan murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap
3. Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
4. Aralash murakkab qo‘shma gap keltirilgan javobni toping.
A) Umr o‘tar, vaqt o‘tar, Xonlar o‘tar, taxt o‘tar. B) Umrimning anchagina qismi harbiy ishlarda o‘tgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog‘ligim o‘z hukmini o‘tkazib turibdi. C) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qildi. D) B, C
5. Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirsa, baxt-saodatga erishadi. Ushbu murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.
A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
6. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.
A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
7. Tarkibida ergashgan, bog‘langan yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar mavjud bo‘lgan gap qanday gap hisoblanadi?
A) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha ergash gapli qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
8. Tarkibida ergashgan va bog‘langan qo‘shma gap mavjud bo‘lgan murakkab qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Ko‘lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o‘rdak ko‘rindi. B) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qildi. C) Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. D) A, C
9. Tarkibida bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap mavjud bo‘lgan murakkab qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Keyinroq ham ko‘zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o‘xshash jo‘n odamlarning shuuriga sig‘masdi. B) Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. C) She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. D) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qildi.