Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə75/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Rasmiy uslub
1. Adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qa’tiy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi…
A) badiiy uslub B) rasmiy uslub C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub
2. Davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning ish yuritish jarayonida foydalaniladigan uslubni aniqlang.
A) rasmiy uslub B) publitsisitik uslub C) ilmiy uslub D) badiiy uslub
3. Rasmiy ish yuritish hujjatlarining turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari B) ilmiy asarlar, matbuot xabarlari C) ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari D) A va C
4. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) taklifnoma, telegramma B) guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom C) ariza, bayonnoma, tarjimai hol D) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish
5. Rasmiy uslubga mansub farmoyish hujjatlarida gap kesimlari qanday shaklda bo‘ladi?
A) III shaxs, majhul nisbat, shart maylida B) I shaxs, o‘zlik nisbat, xabar maylida C) III shaxs, majhul nisbat, buyruq maylida D) A va C
Mustahkamlash
1. Men, Paxtakor tumanidagi 5-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ahmadjon Mamajonov, “Gulzor” mahallasida yashovchi Bahrom Safarovning shaxsiy kutubxonasidan o‘n kun ichida qaytarish sharti bilan “O‘tkan kunlar” romanini oldim. Ushbu jumlaning qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
2. Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Jahongir ko‘cha aylanib kelib uyga kirsa hech zog‘ yo‘q. B) Setora yodsirab, qovog‘ini solib, teskari burildi. C) Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman. D) Anzirat xola o‘zi-o‘zidan javrab, qorong‘ida ivirsib yurar edi.
Insho nazariyasi haqida ma’lumot
1. Arabcha “yuzaga keltirish”, “yozuv”, “ijod” kabi ma’nolarini anglatuvchi tilshunoslik atamasini ko’rsating.
A) bayon B) insho C) asar D) diktant
2. Qaysi turdagi insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalardan farqlari ko’rsatiladi, taqqoslanadi?
A) rivoya – insho B) muhokama – insho C) tasviriy – insho D) A, B

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin