Intensiv kurs


Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ishlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə78/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ishlanishi
1. Respublikamizda qancha aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi?
A) 25 million B) 24 million C) 22 million D) 26 million
2. Afg‘onistonda o‘zbek millatiga mansub qancha aholi istiqomat qiladi?
A) 1 200 ming B) 15 ming C) 50 ming D) 800 ming
3. Qashqarda qancha o‘zbek yashaydi?
A) 1 200 ming B) 15 ming C) 30 ming D) 600 ming
4. Mamlakatimizdan tashqari yana qaysi davlatlarda o‘zbek maktablari mavjud?
A) Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston B) Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya C) Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston D) Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston
5. Nechanchi asr ona tilimizning gullash davri hisoblanadi?
A) XI B) XII C) XV D) XX
6. To‘liqsiz gap, qo‘shma gapning ayrim turlari, diologlar tilimizda qachon paydo bo‘ldi?
A) XIX asrning 80-yillaridan boshlab B) XX asrning 20-yillaridan boshlab C) XX asrning 50-yillarida D) XX asrning 70-yillaridan boshlab
7. Qachon o‘zbek tilida dastlabki o‘qish kitoblari va amaliy grammatika qo‘llanmalari yuzaga kelgan?
A) XIX asrda B) XVIII asr oxirida C) XX asrning 20-yillarida D) XX asr o‘rtalarida
8. “Ertalap eshiy tegida o‘tirgan Apandidan o‘tip ketvotkan qo‘shnisi so‘rapti: – Apandim, kechasi minnima hovlizda gupillap kettimi?” Ushbu jumlada qaysi hudud shevasi ifodalangan?
A) Farg‘ona B) Toshkent C) Namangan D) Samarqand
O‘zbek adabiy tilining bo‘limlari
1. O‘zbek adabiy tilining mazmuniga ko‘ra bo‘limi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) Imlo B) Uslub C) Fonetika D) Tinish belgilari
2. O‘zbek adabiy tilining qo‘llanishiga ko‘ra bo‘limlari qaysi qatorda berilgan?
A) Fonetika, Uslub, Leksika B) Morfologiya, Imlo, Sintaksis C) Tinish belgilari, Uslub, Sintaksis D) Alifbo, Imlo, Talaffuz
3. 1) Fonetika; 2) Alifbo; 3) Imlo; 4 Morfologiya; 5) Leksika; 6) Uslub; 7) Sintaksis; 8) Tinish belgilari
Yuqoridagilarning qaysilari til bo‘limlarining mazmuniga ko‘ra turiga tegishli?
A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 4, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 6, 8
4. So‘z tarkibi adabiy tilning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) Morfologiya B) So‘z yasalishi C) Leksikologiya D) Imlo
5. Qaysi bo‘lim so‘zning ma’nolarini o‘rganadi?
A) Leksikografiya B) Morfologiya C) Leksika D) Sintaksis
6. Gaplar qaysi bo‘limda o‘rganiladi?
A) Sintaksis B) Imlo C) Morfologiya D) Leksika
7. Qaysi qatorda adabiy tilning yozma shakli uchun xos bo‘lgan xususiyat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yozma nutq imlo va tinish belgilariga amal qiladi B) yozma nutq kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi hisoblanadi C) yozma nutq og‘zaki nutqdan keyin paydo bo‘lgan D) yozma nutq uchun masofaning ahamiyati yo‘q
8. Og‘zaki nutqning qonun-qoidalarini tilshunoslikning qaysi bo‘limi o‘rganadi?
A) Leksikologiya B) Orfografiya C) Uslub D) Orfoepiya

Alifbo va imlo
1. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentabr B) 1995-yil 24-avgust C) 1996-yil 6-may D) 1992-yil 3-sentabr
2. “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlangan sanani ko‘rsating.
A) 1995-yil 21-dekabr B) 1993-yil 2-sentabr C) 1995-yil 24-avgust D) 1996-yil 6-may

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin