Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə83/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Bosh harflar imlosi
1. Bosh harflar imlosi bilan bog‘liq noto‘g‘ri fikr keltirilgan javobni toping.
A) gap boshidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi B) she’rlarda har bir misra bosh harf bilan boshlanadi C) ko‘p nuqtadan keyin keladigan gap bosh harf bilan yozilmaydi D) atoqli otlar umumiylik, tur kabi ma’nolarni ifodalaganda bosh harf bilan yozilmaydi
2. Bosh harfning qo‘llanishi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) atoqli otlarning birinchi harflari bosh harf bilan yoziladi B) hurmat ma’nosida qo‘llangan biz va siz olmoshlari bosh harf bilan yoziladi C) so‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar bosh harf bilan yoziladi D) bayram va tarixiy kunlarni ifodalagan birikmalarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi
3. Bosh harflar imlosi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) bayram va tarixiy kunlarni ifodalagan birikmalarning har bir so‘zi bosh harf bilan yoziladi B) oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi C) barcha fikrlar to‘g‘ri D) orden va medallarning nomi bosh harf bilan yoziladi
4. Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo‘llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin?
A) biz, siz B) o‘zingiz, o‘zlari C) siz, o‘zingiz D) ular, o‘zlari
5. Har bir qismi bosh harf bilan yozilishi kerak bo’lgan birikma berilgan qatorni toping.
A) O‘zbekiston qahramoni B) “Mustaqillik” ordeni C) O‘zbekiston oliy kengashi D) A va C javoblar to‘g‘ri
6. Bosh harflarning qo‘llanishi bilan bog‘liq xato mavjud qatorni ko‘rsating.
A) Kecha Farhodlar kelishdi. B) Mustaqillik bayrami C) Kim? Chaqir! D) Katta Andijon kanali
7. Qaysi gap tarkibidagi atoqli ot kichik harf bilan yozilishi kerak?
A) Qayum Rahmonov o‘z jasorati bilan mardlik maktabi yaratdi. B) “Lola” atiri C) Oppoqoyning yuragi nimadandir bezovta bo‘ldi. D) Kecha Farhodlar kelishdi.
8. Qaysi gapda bosh harf noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Jahon podsholari xazinasidan oltin yuborganda hamki beadad, Dilorom, Dilorom, Jajji singilcham, Sening yordamingcha bo‘lmasdi madad. B) Ey aziz Toshkentim, buncha sen bugun Boladek to‘polon qilding ertalab? C) 9-sinf o‘quvchisi B.Jo‘rayeva “Qadr” she’rini yod aytganda, Butun zal oyoqqa qalqidi. D) Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari O‘rta Osiyo turkiy tillarining eng bebaho yodgorligidir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin