Intensiv kurs


Ega bilan ot-kesim orasida tirening ishlatilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə87/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Ega bilan ot-kesim orasida tirening ishlatilishi
1. Kesim qaysi kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega bilan ot kesim orasida tire qo‘yiladi?
A) bosh va qaratqich B) bosh va tushum C) bosh D) o‘rin-payt, chiqish
2. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega qanday so‘zlar bilan ifodalanishi mumkin?
A) ot, olmosh B) ot, olmosh, otlashgan so‘z, harakat nomi C) ot, olmosh, ravish, otlashgan so‘z D) ot, otlashgan so‘z
3. Kesim sonning qaysi ma’no turi bilan ifodalanganda ega bilan kesim orasida tire qo‘yiladi?
A) sanoq B) tartib C) jamlovchi D) taqsim
4. Kesim harakat nomi bilan ifodalanganda ega va kesim orasiga tire qo‘yiladi. Ushbu ta’rifga mos gap berilgan qatorni toping.
A) Ikki karra ikki – to‘rt. B) Do‘stlik – o‘lkamizning qudrati, shoni. C) Maqsadim – a’lo o‘qimoq. D) Qozog‘iston – bu oltin, kumush.
5. Qanday holatda ega bilan ot kesim orasida tire qo‘yilmaydi?
A) ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa B) kesim -dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelgan bo‘lsa C) kesim sifat, ravish, tartib son bilan ifodalangan bo‘lsa D) javoblarning barchasi to‘g‘ri
6. Ega va ot kesim orasida tirening ishlatilishi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) kesim sifat bilan ifodalanganda tire qo‘yilmaydi B) ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda tire qo‘yiladi C) kesim tartib son bilan ifodalanganda tire qo‘yiladi D) ega va ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa tire qo‘yilmaydi
7. Qanday holatda ega va kesim orasida tire qo‘yiladi?
A) kesim ravish bilan ifodalanganda B) kesim tartib son bilan ifodalanganda C) kesim sanoq son bilan ifodalanganda D) kesim yuklama bilan birikib kelsa
8. Berilgan gaplarning qaysi birida ega va kesim orasida tire qo‘yiladi?
A) Bular ham a’lochi. B) Ikki karra ikki to‘rt. C) Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. D) Yurtimiz obod.
9. Qaysi gapda tire noto‘g‘ri qo‘yilgan?
A) Bu kishi – muallimimiz. B) Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer. C) Boylikning eng yaxshisi – ko‘ngil boyligi. D) Maqsadim – a’lo o‘qimoq.
4-DARS. SINTAKSIS VA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI (davomi). (62-80-betlar)
Reja:
1. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilari.

2. Gapning ajratilgan bo‘laklari va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi.


3. Ajratish usullari.
4. Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining qo‘llanishi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin