Intensiv kurs


Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə88/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilari
1. Gapda qanday bo‘laklar bir xil shaklda, bir xil vazifada keladi?
A) ajratilgan bo‘laklar B) bosh bo‘laklar C) uyushgan bo‘laklar D) tobe bo‘laklar
2. Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar birikib kelsa, ular qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta
3. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro qaysi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi?
A) teng bog‘lovchilar B) teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar C) teng bog‘lovchilar va ko‘makchili qurilmalar D) ko‘makchili qurilmalar va nisbiy so‘zlar
4. Berilgan bog‘lovchilardan qaysilari uyushiq bo‘laklarni bog‘lab keladi?
1) va; 2) yoki; 3) na-na; 4) chunki; 5) ammo; 6) ham; 7) bilan; 8) go‘yo
A) 1, 6, 7 B) 1, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7 D) 2, 3, 4, 8
5. Teng bog‘lovchilar berilgan qatorni toping.
A) biriktiruv, zidlov bog‘lovchilari B) biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilari C) biriktiruv bog‘lovchilari D) biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor bog‘lovchilari
6. Ayiruv bog‘lovchisi vazifasida keladigan so‘zlarni aniqlang.
A) yoki, ba’zan B) ba’zan, bir, ham C) yo, yoki, goh, dam D) bir, ham
7. Teng bog‘lovchilar necha xil bo‘ladi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
8. Na xotin, na farzand ko‘rmagan,
Hayotning zavqini surmagan… Ushbu gapdagi inkor bog‘lovchisi qanday vazifada qo‘llangan?
A) uyushiq bo‘laklarni bog‘lash uchun xizmat qilgan B) ayiruv bog‘lovchisi vazifada qo‘llangan C) zidlov bog‘lovchisi vazifada kelgan D) ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan
9. Inkor bog‘lovchisi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) inkor bog‘lovchisi yakka holda qo‘llanishi mumkin B) inkor bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasida va bog‘lovchisi bo‘lsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratilmaydi C) inkor bog‘lovchisi qatnashgan gap tasdiq yoki inkor mazmunga ega bo‘lishi mumkin D) inkor bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasida va bog‘lovchisini qo‘llab bo‘lmaydi
10. Qaysi bog’lovchilar yordamida bog‘langanda uyushiq bo‘laklar orasida vergul ishlatilmaydi?
A) zidlov bog‘lovchilari B) biriktiruv bog‘lovchilari C) inkor bog‘lovchilari D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar
11. Yuklama, biriktiruv bog‘lovchisi va ayiruv bog‘lovchisi bo‘lib kela oladigan so‘zni aniqlang.
A) bir B) go‘yo C) ham D) yoxud
12. Biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanuvchi yuklamalarni aniqlang.
A) -u, -ku, -da B) -u(-yu), -oq, -mi C) -a(-ya), -chi D) -u(-yu), -da
13. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri?
A) aniqlovchilar shaxs yoki narsa-buyumni bir tomondan aniqlasa ular uyushgan aniqlovchi bo‘ladi B) uyushgan aniqlovchilar vergul bilan ajratiladi C) aniqlovchilar shaxs yoki narsa-buyumni turli tomondan aniqlasa ular uyushgan aniqlovchi bo‘ladi D) uyushmagan aniqlovchilar vergul bilan ajratilmaydi
14. Qaysi gap tarkibidagi aniqlovchi uyushmagan?
A) Keng, mehribon, iliq quchog‘ing, hamisha mazlumlar panohi bo‘lgan. B) Issiqdan mudragan horg‘in oriq otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan kelayotgan edi. C) Sohilda o‘tkir hidli qoramtir yalpizlar, sershox jambillar o‘sib yotadi. D) B va C
15. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan qaysi tinish belgisi orqali ajratiladi?
A) tire, ikki nuqta B) tire C) ikki nuqta D) vergul, tire, ikki nuqta
16. Xususiy tushunchani ifodalaydigan bo‘lakni ko‘rsating?
A) umumlashtiruvchi so‘z B) ajratilgan bo‘laklar C) uyushiq bo‘laklar D) kiritmalar
17. Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar, qorong‘ulikda jimgina cho‘kdi. Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklardan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
18. Gulzorning narigi tomonida daroyi, husayni, yakdona, charos, kishmish turli uzum ishkomlari bor edi. Ushbu gap tarkibida yana qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?
A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) gapda tinish belgilari to‘liq qo‘llangan
19. Yoshlar kelar uzoqdan,
G‘arbdan, Sharqdan – har yoqdan. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang.
A) gap tarkibida ajratilgan bo‘lak bo‘lganligi uchun B) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati mavjudligi uchun C) gapda umumlashtiruvchi qism mavjudligi uchun D) tire noto‘g‘ri qo‘llangan
20. Ham yuklamasi uyushiq egani bog‘lab kelgan gap berilgan qatorni toping.
A) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham ilmparvar emishlar. B) Qalam ham daftar bo‘lsin yo‘ldoshing. C) U ham yozuvchi ham shoir edi. D) Olma ham meva.
21. Qaysi javobda uyushmagan aniqlovchi berilmagan?
A) Qaytarma yoqali xipcha shoyi ko‘ylak. B) Baland bolaxonali uy. C) Mashina katta tekis asfalt yo‘ldan borar edi. D) Yoqimli, mayin shamol esa boshladi.
22. Respublikamizdagi ko‘plab pedagogika institutlari, masalan: Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo institutlari universitetga aylandi. Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklardan keyin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi D) vergul


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin