Intensiv kurs


Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan so‘zlarda tinish belgilarining ishlatilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə91/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan so‘zlarda tinish belgilarining ishlatilishi
1. Qaysi qatorda gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan birliklar berilgan?
A) undalma, kirish so‘z B) ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z, undalma, kirish gap C) undalma, kirish so‘z, kirish gap, ha va yo‘q so‘zlari, undovlar D) undalma, kirish so‘z, kirish gap va undovlar
2. Undalmalar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) undalmalar gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi B) undalmalar gap bo‘laklaridan undov belgisi bilan ajratiladi C) undalmalar undov so‘zlar bilan birikib kelishi mumkin D) undalmalar gap oxirida kelsa, undan keyin vergul qo‘yiladi
3. Qaysi qatordagi gapda gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmagan so‘z mavjud?
A) Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh. B) U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o‘rnidan turdi. C) Seni, hur va ozod, seni kuylayman. D) A, B, C
4. Ha, yigitlar, bo‘sh kelmanglar! Ushbu gap tarkibida qo‘llangan undalmani ko‘rsating.
A) yigitlar B) ha C) ha, yigitlar D) bo‘sh kelmanglar
5. Agar undov so‘z kuchli his-hayajon bilan aytilib, undan so‘ng to‘xtalish bo‘lsa, undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) undov B) ko‘p nuqta C) ko‘p nuqta yoki vergul D) vergul
6. Qaysi qatorda undalma gap o‘rtasida kelgan?
A) Bobo, to‘qayda Arslon bo‘ladimi? B) Quyosh! Nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l! C) Qalay, Hamidboy, ishlar o‘ngidanmi? D) O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi!?
7. Qaysi qatordagi gap tarkibida gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan so‘z mavjud emas?
A) Siz bu gaplardan bexabarsiz, albatta. B) O‘rtog‘i bilan so‘zsiz salomlashdi. C) Seni unutolmas yuragim aslo, ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo! D) Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi.
8. Kirish so‘z ishtirok etgan gapni ko‘rsating.
A) Shubhasiz, toptalar, yanchilar g‘anim. B) Yolg‘iz borishga, to‘g‘risini aytsam, qo‘rqaman. C) O‘rtog‘i bilan so‘zsiz salomlashdi. D) Onajonlarim, hamma o‘zining eski devorini quchoqlab o‘tira bersa, yurt qachon obod bo‘ladi?
9. Kirish gaplar gapdan qanday tinish belgisi orqali ajratilishi mumkin?
A) vergul B) vergul, tire C) vergul, tire, qavs D) vergul, tire, qavs, nuqtali vergul
10. 1. Yolg‘iz borishga, to‘g‘risini aytsam, qo‘rqaman. 2. Ko‘nglingizga kelmasin-u, odam har xil bo‘ladi. 3. Qo‘ltiqlashib bir-biriga uzatgan qo‘llar Navoiyni, uning xohishiga qarshi, yuqori chiqarib qo‘ydi. 4. Shuni yodda tutingki, tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra, tik turib o‘lish yaxshiroq. 5. Bilasanmi, Yo‘lchi, bir shoir – bilmadim So‘fi Olloyormi, shunday deganlar… Keltirilgan gaplardan qaysilarida kirish gap mavjud?
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 5
11. Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa ham, odamning yuzi issiq – hamsafar bo‘lish to‘g‘risidagi sazasini o‘ldirmadi. Ushbu gapdagi tirening qo‘llanish sababini aniqlang.
A) umumlashtiruvchi so‘z mavjudligi uchun B) kirish gap mavjudligi uchun C) ajratilgan bo‘lak mavjudligi uchun D) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati mavjudligi uchun
12. Yo‘q so‘zi qaysi qatorda mustaqil gap hisoblanadi?
A) Bizning qishloq-ku. – Yo‘q, bu bizning qishloq emas. B) – Bugun to‘garakka qatnashasanmi? – Yo‘q. C) Yo‘q, yo‘q, men boshqa narsa demoqchi edim. D) Yo‘q, urushning nomi o‘chsin.
13. Darhaqiqat, xalq uchun ulug‘ ish qilyapmiz, o‘g‘lim. Ushbu jumlada gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan qanday bo‘lak mavjud?
A) kirish so‘z B) undalma C) kirish so‘z, undalma D) kirish gap
14. Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo‘lsa kerak – qorong‘i edi. Ushbu gapdagi tirening qo‘llanish sababini aniqlang.
A) ajratilgan ega mavjudligi uchun B) kirish gap mavjudligi uchun C) tire noto‘g‘ri qo‘llangan D) ajratilgan hol mavjudligi uchun
15. Kirish gap qo‘llangan qatorni ko‘rsating.
A) Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. B) Oh… bolam-a! Koshki edi tuqqan bo‘lsam! C) Xolmurod oyoqlarini butoqlarga qo‘yib, daraxtga mahkam yopishgan holda, bu yerda nima bo‘layotganini tomosha qildi. D) U ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
16. Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan so‘z ishtirok etgan qatorni ko‘rsating.
A) – Voy, qir muncha chiroyli bo‘p ketdi? B) Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi. C) Yo‘q, urushning nomi o‘chsin. D) A, B, C
17. Undov so‘zlar so‘zlovchining qanday hissiyotini ifodalashi mumkin?
A) sevinch, qayg‘u, qo‘rqish B) havas, achinish, taajjub C) nafrat, piching, afsus D) A, B, C
18. Qaysi qatorda undov so‘z mustaqil gap bo‘lib kelgan?
A) – Voy, qir muncha chiroyli bo‘p ketdi? B) – Voy-buy! Asl jannat deng, taqsir. C) – Voy…e… – dedim, og‘zim ochildi. D) – Oh-oh-oh! Otangizga rahmat!

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin