Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org


Intensiv kurs




INTENSIV KURS
Darslik va test to‘plami bilan muvofiq ishlash
REJASI:
1. Ona tili darsi haftada ikki marta o‘tiladi (odatda haftalik uchinchi dars adabiyotga ajratiladi). Abiturientlar darslikni shu asosda belgilangan dars mobaynida o‘qib tugatishadi.
2. Abiturientlar har bir darsni darslik va repitetorlik uchun boy ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan B.Mengliyev va O‘.Xoliyorovning “O‘ZBEK TILIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA” (-T., Fan. 2007) sidan o‘qib, mustaqil yoki o‘qituvchi nazoratida og‘zaki savol-javob qilib olishgandan so‘ng test savollarini ishlashadi.
3. Keyingi darsda abiturientlar o‘tilgan darsning har bir mavzusiga doir ijodiy yondashib DTM testlarida tushishi mumkin deb hisoblangan, test to‘plamida keltirilmagan 5 tadan 10 tagacha yangi, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan savollarni tuzib kelishadi.
4. Abiturientlarning tuzib kelishgan yangi test savollari o‘qituvchi nazoratida xulosalanadi va test to‘plamiga ilova qilinadi.
5. Darslik o‘qib tugatilgandan so‘ng yakuniy nazorat kompyuterda test to‘plamining elektron versiyasi orqali o‘tkaziladi. Bunda abiturientlar bazadagi barcha o‘rganilgan savollardan tanlangan 36 talik variant asosida imtihon topshirishadi.
Qo`llanma o`rta maktab o`quvchisi, akademik litsey talabasi, ona tili o`qituvchisi va oliy o`quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchilar uchun mo`ljallangan.
Tuzuvchi: Uchqun. Rahmonov

Mas’ul muharrir: F.HAMROYEV


Tex. muharrir: J.RAHIMQULOV

5-SINF
1-DARS. KIRISH. TAKRORLASH. SINTAKSIS VA PUNKTUATSIYA.
MORFOLOGIYA. (3-117-betlar)
Reja:
l. Kirish.

2. Takrorlash.


3. Sintaksis va punktuatsiya.
4. Morfologiya.
Kirish
1. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra yer yuzida qancha til mavjud?
A) 2000 dan ortiq B) 3000 ga yaqin C) 3000 dan ortiq D) 2996 ta
2. Qaysi qatordagi topishmoqning javobi so’z hisoblanadi?
A) Og’izdan chiqquncha meniki, og’izdan chiqqani elniki. B) Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi. C) Asaldan shirin, zahardan achchiq. D) A, C
3. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog’ozlari qachondan boshlab, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi?
A) 1989- yil 21- oktabr B) 1995- yil 24- avgust C) 1991- yil 1- sentabr D) 1993- yil 2- sentabr
Takrorlash
1. Noto’g’ri yozilgan so’z mavjud qatorni toping.
A) butun, kulgi, supurmoq B) sovuq, uyqu, shovullamoq C) kulgi, quvur, uchun D) butun, shovillamoq, supurmoq
2. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A) xushyor, saxiy, mahsulot B) harakat, mahsulot, xulosa C) xozirjavob, hurmatli, sahiy D) xushyor, saxna, hukm
3. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud?
A) Oynaga darz ketdi. B) Urush, noming o’chsin jahonda... C) Chap yoni bilan turmoq. D) Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r.
4.Qaysi qatordagi ajratilgan so’zlar o’zaro shakldosh emas?
A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. – Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. B) Yoz o’tmoqda soz. – Dutor – eng yaxshi soz. C) Arg’amchiga qil quvvat. – Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil. D) O’t ishi qovurmoq. – Qalbida ishq o’ti alangalandi.
5. Qaysi qatordagi gap tarkibida uchta qo’shma so’z mavjud?
A) Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. B) Bu shaharning oti Ko’kterak ekan. C) Mehmondo’st, mehnatsevar, sofdil yoshlar kelajak poydevoridir. D) Maqsadimiz chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
6. 1) kuch; 2) farosat; 3) tomosha; 4) aql; 5) so’z; 6) qudrat; 7) gap; 8) to’y
Qaysi qatorda yuqoridagi so’zlar juftliklarga to’g’ri ajratilgan?
A) 1-4; 2-7; 8-3; 5-6 B) 1-2; 3-8; 5-7; 4-6 C) 1-6; 4-2; 8-3; 5-7 D) 1-6; 4-2; 8-3; 7-5


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin