Intensiv kurs


Arxaik va tarixiy so‘zlar, qo‘shimchalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə101/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Arxaik va tarixiy so‘zlar, qo‘shimchalar
1. O‘tgan davrlarda qo‘llanib, hozirgi kunda iste’moldan chiqqan so‘z, so‘z birikmasi va qo‘shimchalar qanday nomlanadi?
A) tarixiy so‘zlar B) neologizmlar C) arxaizmlar D) A, C
2. Arxaizmlar (eskirgan so‘zlar) keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) mingboshi, qozi, muxoraba B) ashu, aqru, ashuq C) ajoyibxona, sharir, aqd D) A, B, C
3. Qadimgi tilimizda tushum kelishigi qo‘shimchasi qanday shaklda bo‘lgan?
A) -ra, -ru B) -in C) -ig, -ig‘ D) -garu, -karu
4. -ra, -ru qo‘shimchasi qadimda qaysi kelishik shakli hisoblangan?
A) jo‘nalish B) o‘rin-payt C) tushum D) chiqish
5. Qaysi qatorda tushum kelishigining qadimgi shakli qo‘llangan?
A) sabig‘ eshitib B) o‘g‘uzg‘aru C) eligin tutdi D) ahdin bajarmoq
6. Eligin tutdi. Ushbu birikmada qadimda qo‘llangan qaysi kelishik qo‘shimchasi mavjud?
A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi C) vosita kelishigi D) jo‘nalish kelishigi
7. Tarixiy so‘zlar…
A) yaqin o‘tmishda qo‘llanib kelgan so‘z, so‘z birikmasi va qo‘shimchalar B) o‘tgan davrlarda qo‘llanib, hozirgi kunda iste’moldan chiqqan so‘zlar, so‘z birikmasi va qo‘shimchalar C) hozirgi kunda qo‘llanmaydigan, tushunarsiz so‘zlar D) faqat tarixiy asarlardagina qo‘llanadigan so‘zlar
8. Arxaik va tarixiy so‘zlar, qo‘shimchalar qaysi uslubni hosil qiladi?
A) badiiy B) ilmiy C) badiiy va ommaviy D) A, B, C
9. Tarixiy so‘zlar keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) qozi, faqir, arshi a’lo B) ajoyibxona, muxoraba C) ashuq, aqru, ashu D) A, B
Shevaga xos so‘zlar
1. O‘zbek shevalarini o‘rganishda qaysi olimlarning xizmatlari katta hisoblanadi?
A) G’ozi olim Yunusov, I.D.Polivanov B) B.B.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov C) M.Mirzayev, A.Aliyev, G‘.Abdullayev D) A, B, C
2. O‘zbek shevashunoslik fanining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek sheva va lahjalari necha guruhga bo‘linadi?
A) 3 guruhga B) 4 guruhga C) 2 guruhga D) 5 guruhga
3. Shahar shevalari qaysi guruh shevalariga mansub?
A) janubiy-g‘arbiy guruh B) janubiy-sharqiy guruh C) shimoliy-g‘arbiy guruh D) shimoliy-sharqiy guruh
4. O‘guz shevalari guruhi qaysi hudud shevalarini o‘z ichiga oladi?
A) Qashqadaryo, Surxondaryo va Turkmanistondagi ba’zi o‘zbek shevalari B) Toshkent, Farg‘ona, Namangan viloyatlari shevalari C) Xorazm va Qozog‘iston, Turkmanistondagi ba’zi o‘zbek shevalari D) Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari shevalari
5. Yo‘l, yo‘q kabi so‘zlarning jo‘l, jo‘q tarzda aytilishi qaysi shevaga xos xususiyat hisoblanadi?
A) qarluq-chigil-uyg‘ur B) qipchoq C) o‘g‘uz D) o‘g‘uz va qipchoq
6. O‘rinsiz og‘izga olinadigan iboralar, argolar, jargonlar, varvarizmlar uslubiy ma’noda qanday maqsadda qo‘llanadi?
A) so‘zlovchini salbiy tavsiflash uchun B) qahramonning ma’lum bir hududdan ekaniga ishora qilish uchun C) asarning badiiy xususiyatini oshirish uchun D) so‘zlashuvchini ijobiy tavsiflash uchun

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin