Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə113/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Leksik sinonimlar
1. Leksik sinonimlar berilgan qatorni aniqlang.
A) sabo, yel, bo’ron B) bashar, inson, yo‘lchi C) kambag‘al, qo‘li kalta D) uddaburon, qo’li uzun
2. So‘z va iboralar o‘zaro sinonim bo‘lgan qatorni belgilang.
A) aft, bashar, chehra B) nochor, qo‘li kalta C) chaqqon, tutgan yeridan kesadigan D) uddaburon, chaqqon
3. Erur bas chu husn-u malohat senga,
Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga. Ushbu baytda so‘zlarning shakli va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi mavjud?
A) omonim B) sinonim C) antonim D) paronim
4. O‘zaro sinonimlar berilmagan qatorni toping.
A) xalq, ulus, el, olomon B) vatan, yurt, oshiyon, ochun C) ziyrak, sezgir, zukko D) barcha qatorda sinonimlar berilgan

Morfologik sinonimiya
1. Yana bir adolar borki… -chi lafzidur… yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun, forsiyda yo’qturur, balki alar ham turkcha ayturlar. Mansabda andoqki, qo’rchi va suvchi va xazinachi va kerak yarog’chi va chavgonchi va nayzachi… Qo’shimcha haqidagi ushbu fikr kimga tegishli?
A) Navoiy B) Lutfiy C) Bobur D) Sakkokiy
2. Navoiy qaysi qo‘shimchani “forsiyda yo‘qturur, balki alar ham turkcha ayturlar” deb izohlaydi?
A) -kor B) -shunos C) -chi D) -li
3. Sifat sinonimlar berilgan qatorni toping.
A) O‘qituvchi degan nom Bizga eng katta in’om. B) – Senmi xushta’m, shifobaxsh asal? – Yo‘q, onalar so‘zi. C) Baxtimizni, orzularimizni shu kelinchaklar oppoq yo’rgaklaydi. D) barcha qatorda sifat sinonimlar berilgan
4. Ot yasovchi qo‘shimchalar qatorini aniqlang.
A) -kor, -сhi, -shunos B) -li, -chi , ser- C) -lik, ba-, -la D) berilgan qo‘shimchalarning barchasi ot yasaydi
5. Ot yasovchi sinonim qo‘shimchalar qatorini aniqlang.
A) -kor, -li, -shunos B) ser-, -li, be-, ba- C) -shunos, -kor, -chi D) -paz, -chi, -la
6. Gul, qo‘l, yaxshi. Ushbu so‘zlarga yasovchi qo‘shimcha qo‘shib qaysi turkumdagi so‘zlarni yasab bo‘lmaydi?
A) ot B) sifat C) fe’l D) olmosh
7. -lik va -li qo‘shimchalari yordamida yasalgan so‘zlar ma’nosi qanday farqlanadi?
A) -lik – tegishlilik, -li – mavjudlik B) -lik – borlik, -li – tegishlilik C) farqlanmaydi D) -lik – qarashlilik, -li – tegishlilik
8. O‘zi ham juda qiziq ishlar bo‘ladi-da, bolam, – dedi Anzirat xola. Ushbu gapdagi sifatning darajasini aniqlang.
A) qiyosiy daraja B) ozaytirma daraja C) orttirma daraja D) oddiy daraja
9. Orttirma darajadagi sifat ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Tong. G‘o‘zalar oppoq libos kiygan kelinchaklarga o’xshaydi. B) Odam to‘g‘rilik va mo‘minlik yo‘li bilangina katta va yop-yorug‘ yo‘lga chiqib oladi. C) Ayrim farzandlar anchayin katta bo‘lib qolishganlarida ham, hatto oila qurganlarida ham ota-onalar hisobiga yashashni ep ko’rayotirlar. D) barcha gaplarda orttirma darajadagi sifat qatnashgan
10. -chi qo‘shimchasini qaysi so’zga qo‘shilganda uslubiy buzilish yuz beradi?
A) paxta B) pilla C) gul D) osh
11. O‘qituvchi degan nom Bizga eng katta in’om. Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga misol bo‘la oladi?
A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap D) qo’shma gap emas

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin