Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə20/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Erkin mavzudagi insholar
1. Qaysi insho turida o‘quvchining bir mavzu bo‘yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi?
A) erkin mavzudagi B) adabiy mavzudagi C) adabiy-ijodiy mavzudagi D) ijodiy mavzudagi
2. O‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insho turini aniqlang.
A) adabiy-ijodiy mavzudagi insho B) adabiy mavzudagi insho C) erkin mavzudagi insho D) adabiy-ijtimoiy mavzudagi insho
Inshoga epigraf tanlash
1. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so‘z, maqol, ibora yoki badiiy parcha qanday nomlanadi?
A) epigraf B) g‘oya C) epitet D) remarka
2. Epigraf asosan insho matnining qaysi qismida joylashgan bo‘ladi?
A) rejadan oldin, sahifaning o‘ng chekkasida B) rejadan keyin, insho matnidan oldin C) insho matnidan oldin, sahifaning chap chekkasida D) rejadan oldin, sahifaning chap chekkasida
2-DARS. SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI.
SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI. (23-44-betlar)
Reja:

1. Sintaksis haqida umumiy tushuncha.


2. Sintaksisning til birliklari.
3. So‘z birikmasi (hosil bo‘lishi va grammatik ma’nolari).
4. So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari.
5. Teng bog‘lanish va tobe bog‘lanish.
6. So‘z birikmasi va so‘z.
7. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z.
8. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma.
9. So‘z birikmalari zanjiri.
10. So‘z birikmasi va gap.
11. So‘z birikmalarini tahlil qilish.
Sintaksis haqida umumiy tushuncha
1. Gaplarning qurilish xususiyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) fonetikada C) morfologiyada D) sintaksisda
2. So‘zlarning o‘zaro biriktirish qonun-qoidalari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiyada B) leksikologiyada C) fonetikada D) sintaksisda
3. Tilning birliklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) tovush, so‘z, so‘z birikmasi, B) tovush, qo‘shimcha, so‘z C) tovush, gap, qo‘shma gap D) gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha
4. Qaysi qatordagi gapda tilning birliklari to‘liq ishtirok etmagan?
A) Katta sement ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi. B) Hozir soat o‘n bir. C) Anvar do‘stining gap boshlaganidan quvonib ketdi. D) Seni hurmat qilaman.
5. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari, (iboralar) qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarini qaysi bo‘limda namoyon qiladi?
A) morfologiya B) morfologiya, leksikologiya, sintaksis C) leksikologiya D) sintaksis
6. So‘z birikmalari va gaplar qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
A) ifoda mazmuniga ko‘ra B) tuzilishiga ko‘ra C) grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra D) o‘z qurilishi va ifoda mazmuniga ko‘ra

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin