Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə43/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Uyushiq ega
1. Uyushiq ega ishtirok etgan gapni toping.
A) Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. B) Salomat va Akramning singillari 6-sinf a’lochilari. C) Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig‘laganicha narigi uyga kirib ketdi. D) U Gulnoza va Dilbarni tug‘ilgan kuniga taklif qildi.
2. Qaysi qatorda uyushiq ega qatnashmagan?
A) Qirlardagi lolalar va tog‘ etaklaridagi binafshalar kishiga huzur bag‘ishlaydi. B) Bog‘chada yosh-yosh qizchalar va o‘g‘il bolalar davra qurib o‘ynashmoqda. C) Siz bilan biz bu oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz. D) Endi qizlar charchashib, terlashib…tog‘ning ustiga chiqib olishdi.
3. Bir necha qo‘sh ho‘kiz, ot, omoch-bo‘yinturuqlar ham shular nomiga yozildi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan?
A) aniqlovchi B) ega C) to‘ldiruvchi D) hol
4. Quyidagi grammatik vositalardan qaysi biri uyushib kelgan egalarni bog‘lash uchun ishlatilishi mumkin?
1. va 2. hamda 3. -u, -yu 4. bilan
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4
5. Uyushiq ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) Bolaga ota-yu ona mas’ul. B) Farhod-u Shirinlar kelishyapti. C) Sizga baxt-u saodat yor bo’lsin. D) Majlisga katta-yu kichik keldi.

Uyushiq hol
1. Uyushiq hol ishtirok etgan gapni toping.
A) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi. B) Siz bilan biz ulug‘ ishga bel bog‘ladik. C) U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. D) Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig‘lagancha narigi uyga kirib ketdi.
2. Qaysi qatordagi gapda hol uyushmagan?
A) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda chumchuqlar chug‘urlashadi. B) U o‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi. C) Tomlardan, ivigan devorlardan bug‘ ko‘tarila boshladi. D) Shu masalada sizni Moskvaga, Leningradga safarga yubordik.
Uyushiq to‘ldiruvchi, uyushiq aniqlovchi
1. Qaysi qatorda uyushiq to‘ldiruvchi qatnashgan gap berilgan?
A) O‘n-o‘n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. B) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. C) Bu daftarni senga oldim. D) Shu masalada sizni Moskvaga, Leningradga safarga yubordik.
2. Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po‘sti yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o‘xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
A) ega B) qaratqich aniqlovchi C) vositali to‘ldiruvchi D) vositasiz to‘ldiruvchi
3. Vositali to‘ldiruvchi uyushgan gapni toping.
A) To‘lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog‘chada tarbiyalanishadi. B) Uning niyatini, do‘stligini qushlar tushundilar. C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim. D) Ziyoda daraxtlarni va gullarni parvarish qilishni juda yoqtiradi.
4. Uyushiq aniqlovchi berilgan qatorni toping.
A) Ufqqa tutashib ketgan polizlar, tokzorlar qizg‘ish qahrabo rangda tovlanadi. B) Maxdum bo‘ychan, olago‘sht, siyrak mo‘y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim. D) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi.
5. Uyushiq aniqlovchi qaysi qatorda berilgan?
A) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. B) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo‘yar edi. C) To‘lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog‘chada tarbiyalanishadi. D) Podsho kulib, jiddiy o‘y bilan quloq soldi.
6. Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) aniqlovchi C) hol D) to‘ldiruvchi
7. Shu yerda, jiydazor yonidagi xilvat joyda, u menga o‘z o‘tmishini, to‘g‘rirog‘i, shu yozda boshidan kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani hikoya qilib berdi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
A) hol va to‘ldiruvchi B) hol va aniqlovchi C) faqat aniqlovchi D) faqat to‘ldiruvchi
8. Uyushiq sifatlovchi aniqlovchi berilgan qatorni toping.
A) Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. B) Unga Volkov mashinalarning va turbinalarning vagonga yuklangani haqida xabar qilgan edi. C) Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi. D) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.
9. Qaysi qatorda uyushiq qaratqich aniqlovchi berilgan?
A) U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘rardi. B) Munaqqash devorning oltin, kumush, ko‘k, qizil, pushti gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir hayotiylik berar edi. C) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht, juda mazali shavla tortildi. D) Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.
10. Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchisi uyushiq aniqlovchilarni bog‘lashga xizmat qilgan?
A) Ba‘zan tongda, ba‘zan yarim tunda kirib keladi. B) Ba‘zan chumchuqning, ba‘zan kaklikning yoqimli ovozi kishiga orom bag‘ishlaydi. C) Bahor havosi betayin: goh yomg‘ir yog‘adi, goh charaqlab quyosh chiqadi. D) Bu topshiriqni Nodira yoki Bahodirga yuklash mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin