Intensiv kurs


Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə60/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar
1. Nisbiy so‘zlar orqali bog’langan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) o‘tgan zamon sifatdoshi shaklida B) buyruq mayli shaklida C) shart mayli shaklida D) harakat nomi shaklida
2. Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Kim harakat qilsa, u barakat topadi. B) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. C) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. D) Barcha gapda nisbiy so‘zlar ishtirok etgan.
3. … ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, … rivojlanish bo‘ladi.
Nuqtalar o‘rniga nisbiy so‘zlarning mosini qo‘ying.
A) qachon, o‘shanda B) qayerda, o‘sha yerda C) kim, o‘sha D) qayerga, o‘sha yerga
4. Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Baxtim shuki, seni uchratdim. B) Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. C) Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. D) Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang, el seni shunchalik e’zozlaydi.
5. Bosh gap tarkibida nisbiy so‘z ifodalanmay qolgan ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. B) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jazm etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. C) Nimaiki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. D) Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p bo‘ladi.
6. Nisbiy so‘zlar ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turlarida ishtirok etishi mumkin?
1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3
7. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shunday o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. B) Umidim shuki, sizlar baxtli bo‘linglar. C) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. D) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.
8. Qaysi qatordagi ergashgan qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘zlar vositasida bog‘lanmagan?
A) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. B) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. C) Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p bo‘ladi. D) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi bo‘g‘ilmaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin