Intensiv kurs


Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə67/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi
1. 1) Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2) Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. 3) Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. Ushbu gaplar o‘zaro qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra C) qismlarining bog‘lanishiga ko‘ra D) A, B, C
2. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari qo‘shma gapning qaysi turida ifodalanishi mumkin?
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz, bog’langan qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz, ergash gapli qo‘shma gap D) ergash gapli, bog’langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap
3. Yurt tinch – sen tinch. Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma gapni qaysi vosita orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?
A) sabab bog‘lovchisi orqali B) ko‘makchili qurilma orqali C) ko’rsatish olmoshi orqali D) deb so’zi orqali
Mustahkamlash
1. Qaysi qatordagi bog‘lovchisiz qo‘shma gapni sabab bog‘lovchilari (chunki, negaki) orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?
A) Qor yog’di – don yog’di. B) Kuz keldi, yig‘im-terim ishlari boshlandi. C) Har kimga ozor bera ko‘rma, dunyo barchaga barobardir. D) Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni kesib yondirgin.
2. Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) ergash gapli qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap
Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot
1. Murakkab qo‘shma gap necha turga bo‘linadi?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 6
2. Bag‘rim yoniq yuzim qora ko‘nglim siniq bo‘yim bukik sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda qanday tinish belgilari ifodalanmay qolgan?
A) 4 ta vergul B) 2 ta nuqtali vergul va 1 ta vergul C) 1 ta ikki nuqta 2 ta vergul D) 3 ta vergul
3. Turli bog‘lovchi vositalar bilan o‘zaro bog‘langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligidan qanday gap hosil bo‘ladi?
A) murakkab qo‘shma gap B) ergash gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) bog’langan qo‘shma gap
4. Aralash murakkab qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. B) O‘zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug‘, iqboli balandki, ularning O‘zbekistondek jannnatmonand yurti bor. C) Feruza uning javdirashlariga ko‘pda e’tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi. D) Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi.
5. Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog’lovchisiz qo‘shma gap B) uyushiq bo’lakli sodda gap C) bog’langan qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin