Intensiv kurs


Sodda gaplar va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə86/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Sodda gaplar va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi
1. Tinch ohang bilan aytiluvchi gap turini ko‘rsating.
A) buyruq gap B) darak va buyruq gap C) undov gap D) darak gap
2. Qaysi qatodagi gap tinch ohang bilan aytilgan?
A) Minglab gulistondan afzaldur bu joy! B) Zarur adabiyotlarni o‘qib chiqdingizmi? C) Havo sof va salqin. D) Sinovlarga qanday tayyorlangansiz?
3. Qaysi gap oxiridagi qo‘shaloq tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Bo‘yraday joyga sholg‘om ekkan odamga ham suvmi?.. B) Gapirsangiz-chi, nima bo‘ldi?! C) Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik!.. D) Eh, qanday chiroyli, so‘lim joylar-a?!
4. So‘roq gaplar qanday hosil bo‘ladi?
A) so‘roq olmoshlari orqali B) so‘roq yuklamalari orqali C) barcha javoblar to‘g‘ri D) ohang orqali
5. So‘roq ohangi orqali ifodalangan so‘roq gapni ko‘rsating.
A) Bu kitobni kimdan oldingiz? B) Zarur adabiyotlarni o‘qib chiqdingizmi? C) Soat ikki bo‘ldi? D) Soat ikki bo‘ldi.
6. Mazmunidan maslahat, tilak-orzu, kinoya, do‘q ma’nolari anglashilgan gaplar gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) darak gap B) undov yoki buyruq gap C) undov gap D) istak gaplar
7. Buyruq, iltimos, tashviq, maslahat, tilak-orzu, ma’nolari anglashilgan undov gaplarning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) buyruq mayli shaklida B) kelasi zamon sifatdoshi shaklida C) shart mayli shaklida D) buyruq yoki shart mayli shaklida
8. Sof his-hayajon anglatuvchi undov gaplar qaysi vositalar orqali ifodalanadi?
A) undov so‘zlar B) javoblarning barchasi to‘g‘ri C) nisbiy olmoshlar D) ohang
9. Qaysi qatordagi gap oxirida undov va so‘roq qo‘yiladi?
A) Gapirsangiz-chi, nima bo‘ldi B) Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm C) Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik D) Eh, qanday chiroyli, so‘lim, joylar-a
10. Tugallanmagan fikr ifodalangan gapni toping.
A) Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik!.. B) Xalqimizning chuqur idroki bor, g‘ururi, an’anasi bor… C) Bo‘yraday joyga sholg‘om ekkan odamga ham suvmi?.. D) Gaplarning barchasida tugallanmagan fikr ifodalangan

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin