Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə90/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Ajratish usullari
1. Qaysi gap tarkibidagi ajratilgan bo‘lak o‘z aniqlanmishidan keyin kelgan?
A) Men yomondan, ayrilib, yaxshini topganing qani? B) Bugun kun bo‘ladi, ravshan va bedog‘. C) A va B D) So‘ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi.
2. Qaysi qatorda ajratilgan bo‘lak boshqa bir bo‘lakning ma’nosini izohlamay, o‘zi ifodalagan bo‘lakning ma’nosini ajratib, diqqatni o‘zi ifodalagan mazmunga qaratib kelgan?
A) Men yomondan, ayrilib, yaxshini topganing qani? B) So‘ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. C) Biri aks etadi gullarda, Biri olim – yoqimli xushfe’l. D) Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi.
3. Ajratilgan aniqlovchi qo‘llangan gapni toping.
A) Shuning uchun odamlarga, ayniqsa, yosh avlodga, e’tiborimizni o‘n barobar orttirishimiz lozim. B) Jahonda bir mamlakatda, Yaponiyada, bolalar ham o‘ng, ham so‘l qo‘llari bilan yozishga o‘rgatiladi. C) Ufqlarga qizil xol tashlab, Zar sochib, quyosh botadi. D) Biri aks etadi gullarda, Biri olim – yoqimli, xushfe’l.
4. Qaysi qatordagi gap tarkibida ajratilgan hol mavjud?
A) Jahonda bir mamlakatda, Yaponiyada, bolalar ham o‘ng, ham so‘l qo‘llari bilan yozishga o‘rgatiladi. B) Ufqlarga qizil xol tashlab, Zar sochib, quyosh botadi. C) Barcha gap tarkibida ajratilgan hol qatnashgan. D) Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi.
Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining qo‘llanishi
1. Ajratilgan bo‘laklar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ajratilgan bo‘lak doim ikki tomondan vergul bilan ajratiladi B) ajratilgan bo‘lak ya’ni, masalan kabi so‘zlar bilan bog‘lanishi mumkin C) ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi D) ajratilgan aniqlovchi aniqlanmishidan bevosita oldin kelganda undan so‘ng vergul qo‘yilmaydi
2. Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
3. Paxtakor o‘zbekman – zabardast, mag‘rur,
Sharqning mayog‘i deb atalur yurtim. Ushbu gapdagi tirening qo‘llanish sababini aniqlang.
A) umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelgani uchun B) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalanganligi uchun C) ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelganligi uchun D) tire noto‘g‘ri qo‘llangan
4. Paxtakor o‘zbekman – zabardast, mag‘rur. Ushbu gapda qaysi bo‘lak uyushgan?
A) hol B) kesim C) ega D) aniqlovchi
5. Ismi barlos // sodda, dilovar // ov va qush ilmining piridir. Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) ikki nuqta, vergul B) tire, tire C) tire, vergul D) vergul, tire
6. Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. Ushbu gapdagi ajratilgan bo‘lakdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘llanishi kerak?
A) vergul B) tire C) hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi D) nuqtali vergul
7. Sakrab tushdi shunda tuyadan, Karvonboshi – berahm, nodon… Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) aniqlovchi B) kesim C) hol D) ega
8. Fursating bormi, qaynotangdan, Zunnunxo‘jadan so‘rab kelganmisan? Mazkur gapda ajratilgan bo‘lakning qaysi turi qo‘llangan?
A) ajratilgan ega B) ajratilgan aniqlovchi C) ajratilgan to‘ldiruvchi D) ajratilgan hol
9. Qaysi gap tarkibidagi ajratilgan bo‘lak har ikki tomondan tire bilan ajratiladi?
A) Ayol sochlari parishon oyoqlari yalang yoqasi ochiq ko‘chaga otildi. B) Mavjud ikki vazir Xo‘ja Ato ham Abdulxoliq devondagi ishlarni boshqarib ulgurmas edi. C) Orqada tikka turgan yoshgina yigit Mamadali o‘zini odamlarning orasiga oldi. D) Salim otaning mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi.
10. Qaysi qatordagi gap tarkibida ajratilgan bo‘lak mavjud?
A) Qo‘zg‘aldi butun xalq: rus, o‘zbek, yahudiy… B) Ayol, sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq, ko‘chaga otildi. C) O‘rta Osiyoda Navro‘z, yangi yil bayrami, katta tantana bilan nishonlanadi. D) B, C
11. Osmon o‘pgan tog‘larning muammosini
Biringiz, geolog, erta qilur hal. Ushbu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan?
A) aniqlovchi B) ajratilgan bo‘lak mavjud emas C) hol D) ega
12. Qaysi qatorda ajratilgan aniqlovchi qo‘llangan?
A) Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini…bilgandir. B) Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. C) Barcha gap tarkibida ajratilgan aniqlovchi mavjud. D) Ulardan biri – sersoqol, rangpar va oriq – o‘z mantiqining kuchini ko‘rsatishga tirishardi.
13. Taraldi kuy mayin va g‘amgin,
Butun borliq jismi quloqdir. Ushbu gap tarkibidagi ajratilgan bo‘lakdan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul
14. Endi odamlar // otliq, piyoda, yosh, qari // uchray boshladi. Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul, vergul B) tire, vergul C) tire, tire D) ikki nuqta, vergul
15. Qobil bobo yalang‘och yalang oyoq yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi. Ushbu gapda nechta o‘rinda vergul qo‘llanishi kerak?
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
16. Mohir sinovchi – uchuvchi mashinani ustalik bilan yerga qo‘ndirdi. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini ko‘rsating.
A) tire noto‘g‘ri qo‘llangan B) umumlashtiruvchi so‘z mavjudligi uchun C) ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun D) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati mavjudligi uchun
17. Zaynab bilan Omon ikkovning –
Yangi kelin, yangi kuyovning
Baxti shunday bo‘ldi barqaror. Ushbu she’riy parchada ajratilgan bo‘lakning qaysi turi qo‘llangan?
A) ajratilgan ega B) ajratilgan aniqlovchi C) ajratilgan to‘ldiruvchi D) ajratilgan hol
18. Kechqurun osh zuzsak, bir nasiba kam,
Qo‘msayman birovni – allakimimni. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) ega C) kesim D) aniqlovchi
19. Qaysi qatordagi gapda ravishdosh bilan ifodalangan ajratilgan hol qo‘llangan?
A) Bola otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo qildi. B) Gulnor namli ko‘zlari bilan Yo‘lchiga tikilib, bir nimadan qo‘rqqan singari, yana unga suqildi. C) U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o‘rnidan turdi. D) A va B
20. Biroz o‘tiraylik, dedi Rozaliya, tosh kursini ko‘rsatib. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) ergash gapli qo‘shma gap B) uyushiq bo‘lakli gap C) ajratilgan bo‘lakli gap D) undalmali gap
21. So‘ng, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) hol B) aniqlovchi C) to‘ldiruvchi D) ajratilgan bo‘lak qatnashmagan
22. Ajratilgan hol qo‘llangan qatorni ko‘rsating.
A) – Eson-omonmisiz, Qutbiniso, – dedi, tomdan turib. B) Seni, hur va ozod, seni kuylayman. C) Endi odamlar – otliq, piyoda, yosh, qari – uchray boshladi. D) Zavodda yigitlar ilg‘or, Po‘lat quyib hayot quradi.
23. Ko‘makchili birikma bilan ifodalangan ajratilgan hol berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Shuni yodda tutingki, tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra, tik turib o‘lish yaxshiroq. B) Bir vaqtlar pilta chiroq tutagan zax yerto‘lalar o‘rniga, endi ishchilar uchun keng, yorug‘ uylar qurildi. C) Qo‘ltiqlashib bir-biriga uzatgan qo‘llar Navoiyni, uning xohishiga qarshi, yuqori chiqarib qo‘ydi. D) “Unsiya”dagi Navoiy xonasida, uning har vaqtdagi yaqinlaridan tashqari, shoirlar, olimlar bor edi.
24. U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o‘rnidan turdi. Ushbu gap tarkibidagi ajratilgan bo‘lakni ko‘rsating.
A) odati bo‘yicha B) ajratilgan bo‘lak qo‘llanmagan C) shovqinsiz D) toza havodan tin olish uchun
25. Gulnor namli ko‘zlari bilan Yo‘lchiga tikilib, bir nimadan qo‘rqqan singari, yana unga suqildi. Qaysi qatorda ushbu gapga to‘g‘ri izoh berilgan?
A) ergashgan qo‘shma gap B) ajratilgan bo‘lakli gap C) murakkab qo‘shma gap D) uyushiq bo‘lakli gap
26. Qaysi qatordagi gapda ajratilgan hol ko‘makchili qurilma bilan ifodalangan?
A) Barno, onasining betob yotgani ustiga, o‘zini bu qadar yomon tutayotgan do‘stidan juda xafa bo‘ldi. B) U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o‘rnidan turdi. C) Mohir sinovchi – uchuvchi mashinani ustalik bilan yerga qo‘ndirdi. D) Bola, otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo qildi.
27. Sultomurod o‘n to‘rtta shogirtlarini, ilmdagi darajalariga muvofiq, kichik guruhlarga bo‘lib, peshingacha dars berdi. Ushbu gapda ajratilgan bo‘lakning qaysi turi qo‘llangan?
A) ajratilgan aniqlovchi B) ko‘makchili birikma bilan ifodalangan ajratilgan to‘ldiruvchi C) ajratilgan bo‘lak ishtirok etmagan D) ko‘makchili birikma bilan ifodalangan ajratilgan hol
28. Bu maktub, Yoqubbekdan Hirotda olingan ilgarigi nomalarga qaraganda, yanada chuqurroq muhabbat, qadirdonlik tuyg‘ulari bilan to‘la edi. Mazkur gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) ega
29. Ajratilgan to‘ldiruvchi qo‘llangan gapni toping.
A) “Unsiya”dagi Navoiy xonasida, uning har vaqtdagi yaqinlaridan tashqari, shoirlar, olimlar bor edi. B) Shuni yodda tutingki, tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra, tik turib o‘lish yaxshiroq. C) Barno, onasining betob yotgani ustiga, o‘zini bu qadar yomon tutayotgan do‘stidan juda xafa bo‘ldi. D) A, B, C
30. Uljon, vazmin bo‘lishi bilan birga, har narsani sinchiklab qaraydigan ziyrak ona edi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan.
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) ega
31. U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o‘rnidan turdi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi
32. Ko‘makchili birikma bilan ifodalangan ajratilgan hol qatnashgan gapni toping.
A) Shuni yodda tutingki, tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra, tik turib o‘lish yaxshiroq. B) O‘rta Osiyoda Navro‘z, yangi yil bayrami, katta tantana bilan nishonlanadi. C) Bir vaqtlar pilta chiroq tutagan zax yerto‘lalar o‘rniga, endi ishchilar uchun keng, yorug‘ uylar qurildi. D) Xolmurod oyoqlarini butoqlarga qo‘yib, daraxtga mahkam yopishgan holda, bu yerda nima bo‘layotganini tomosha qildi.
33. O‘rtoqlar, O‘zbekiston hukumatining topshirig‘iga binoan, badiiy adabiyotimizning buyuk san’atkori Alisher Navoiyning abadiy shon-sharaf haykalini ochishga ruxsat berasiz! Ushbu gapda ajratilgan bo‘lakning qaysi turi qo‘llangan?
A) ajratilgan hol B) ajratilgan to‘ldiruvchi C) ajratilgan ega D) ajratilgan aniqlovchi
34. Qaysi qatordagi gapda ajratilgan to‘ldiruvchi qo‘llangan?
A) Salima, hali ancha yosh bo‘lishiga qaramay, ishni uddalab ketdi. B) Sultonmurod o‘zini chetga olishga tirishdi, xalq to‘lqini uni surib ketdi. C) Bir vaqtlar pilta chiroq tutagan zax yerto‘lalar o‘rniga, endi ishchilar uchun keng, yorug‘ uylar qurildi. D) Yaxshilik, menga qolsa, tushga kirmagan bir yaxshilik.
5- DARS. SINTAKSIS VA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI (davomi). (80-100-betlar)
Reja:
1. Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan so‘zlarda tinish belgilarining ishlatilishi.

2. Qo‘shma gaparda tinish belgilari. Bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish belgilari.


3. Ergash gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.
4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin