Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə98/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

So‘z va uning sehri
1. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha E.F.Fozilov rahbarligida tuzilgan lug‘atda qancha so‘z borligi ko‘rsatib o‘tilgan?
A) 70000 ga yaqin B) 50000 dan ortiq C) 60000 ga yaqin D) 80000 ga yaqin
2. O‘zbek tilidagi so‘zlarning barchasi jamlansa qancha miqdorni tashkil etishi mumkin?
A) 160 mingga yaqin B) 100 – 120 mingdan ortiq C) 140 – 150 mingdan ortiq D) 100 mingga yaqin
3. Shakli bir xil bo‘lib, turli ma’no darajasida turli ma’no qirralarini bildiradigan so‘zlar…
A) omonimlar B) paronimlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar D) sinonimlar
4. 1) ozgina; 2) sal; 3) picha; 4) jinday; 5) qitday. Berilgan so‘zlardan qaysilari o‘zaro sinonim hisoblanadi?
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
5. Ko‘k ( rang ) , ko‘k ( o‘simlik ) , ko‘k ( osmon ). Uchala o‘rindagi ko‘k so‘ziga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) omonim so‘zlar C) polesemantik so‘z D) paronim so‘zlar
6. So‘zning ko‘chma ma’nosining shakl va ma’no munosabatini ifodalovchi turlarini ko‘rsating.
A) sinonim, omonim B) polesemiya, metafora, epitet C) barcha javoblar to‘g‘ri D) metafora, metonimiya, sinekdoxa
Neologizmlar
1. Yevropa tillaridan kirgan yangi so‘zlar berilgan qatorni ko‘rsating?
A) balans, badal, bakalavr B) avizo broker, budjet C) dekloratsiya, patent, paychi D) anjuman, vasiqa, kafolat
2. Avizo so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) o‘zga mamlakatlarga kirishga berilgan ruxsatnoma B) narsalarning o‘zaro muvofiq salmog‘i C) mol-mulk olingani haqida hujjat D) hisob-kitob operatsiyasi
3. Kimoshdi savdosi yevropa tillarida qanday atama bilan yuritiladi?
A) balans B) netto C) auksion D) sinovatsiya
4. Eski o‘zbek tilidan tiklangan yangi so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) ishbay, buyurtma B) anjuman, xatboshi C) vasiqa, paychi D) vazir, muallif
5. Rezume so‘zi o‘zbekchada qanday ma’noni anglatadi?
A) biror ishni haq hisobiga batamom tugallash majburiyati B) qisqa xulosa C) tortishuvchi masala bo‘yicha kelishish D) fan-texnika sohasidagi yangilik
6. Tilning boy tasviriy vositalaridan biri bo‘lgan sifatlash qanday birliklar orqali ifodalanadi?
A) sifatlar B) qaratqich aniqlovchilar C) to‘ldiruvchili birikmalar D) A, B
7. Qaysi qatorda bosh so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?
A) Bir bosh uzum 6 kilogramm keldi. B) So‘z san’atining boshi folklordadir. C) Shoir boshini birdan ko‘tardi. D) Sentabr oyining boshida paxta qiyg‘os ochila boshlaydi.
8. Qaysi gap tarkibida bosh so‘zi bilim ma’nosida ishlatilgan?
A) Do‘st boshga qarar, dushman – oyoqqa. B) Aql yoshda emas, boshda. C) So‘z san’atining boshi folklordadir. D) A, B
9. Qosh so‘zi qaysi qatorda o‘z ma’nosida qo‘llangan?
A) Egarning qoshi naqshdor. B) Uning qoshlari chimirildi. C) Qiz onasining qoshiga keldi. D) Barcha gaplarda qosh so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
10. Qaysi qatorda ko‘chma ma’noli so‘z qo‘llangan?
A) Shoir boshini birdan ko’tardi. B) Qiz onasining qoshiga keldi C) Bolaning tili chiqishi bilan “oyi”, “dada” dedi. D) B, C
11. “Bir qop yong‘oq” iborasining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) xushchaqchaq, ochiq B) og‘ir, vazmin C) beg‘am D) sirli, yashirin
12. “Xo‘rlandi” so‘zi bilan sinonim bo‘la oladigan ibora qaysi qatorda berilgan?
A) terisiga sig‘may qoldi B) oyoqosti bo‘ldi C) tepa sochi tikka bo‘ldi D) qo‘li kaltalik qildi
13. Quyidagi iboralarning qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) ikki qadam B) ikki enlik C) ikki odim D) bir chimdim
14. “Arzon” so‘zi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani toping.
A) oshig‘i olchi B) suv tekin C) bag‘ri butun D) bozori chaqqon
15. Kutilmagan xabar eshitish natijasida taajjublanish, aynan gapni yoki uning biror bo‘lagini takrorlash bilan qanday gap hosil bo‘lishi mumkin?
A) darak gap B) so‘roq gap C) undov gap D) A, B, C
16. Qaysi gap tarkibidagi til so’zi fikr ma’nosida qo’llangan?
A) Tilni biling: dilga yo’l topasiz. B) H. Olimjon asarlarining tili shirali, o’ynoqi. C) Tilimiz boshqa, lekin dilimiz birdir. D) Til – kishilarning eng muhim aloqa quroli.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin