Interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#132167
1   2   3   4   5   6   7
1306-1312

 
MUHOKAMA 
Oliy о‘quv yurtlarida malakali geograflar tayyorlashda tabiiy geografiya 
kurslarining о‘rni benihoya kattadir. Chunki bu kursni о‘qitish orqali talabalar 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 1310  www.ares.uz 
sayyoramizning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarni chuqur о‘rganadilar hamda tabiiy 
unsurlarning bir-biriga uzviy bog‘liq va aloqadorlik qonuniyatlarini tushunib etadilar. 
Natijada sayyoramiz tabiatini chuqur va har tomonlama biluvchi uni tabiiy 
boyliklaridan oqilona foydalanib, muhofaza qilishni yosh avlodga etkazuvchi 
geografiya о‘qituvchilari tayyorlanadi. О‘zbekiston Oliy va о‘rta mahsus talim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan о‘quv rejada tabiiy geografiya kurslarida nazariyaga 
ajratilgan soatning kamligi sababli, yer yuzi tabiatining о‘ziga hos hususiyatini 
talabalarga chuqur о‘rgatish imkoniyati cheklangan, aksincha amaliy mashg‘ulotlariga 
va mustaqil ta’limga umumiy soatning kо‘p qismi ajratilgan. Binobarin, topshiriqlarni 
amaliy mashg‘ulot darslarida va mustqil holda puxta bajarsalar nazariyadan olgan 
bilimlarini mustahkamlashdan tashqari talabalarda mustaqil fikrlash malakasi 
shakllanadi. Chunki amaliy mashg‘ulot darslarida va mustqil holda topshiriqlarni 
bajarish jarayonida talabalar darslik, о‘quv qо‘llanma, har xil adabiyotlar, xarita va 
atlaslardan foydalanib berilgan topshiriq va savollarni sinchkovlik bilan puxta 
bajarsalar ular uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan quyidagi malaka va kо‘nikmalar 
shakllanadi:
- amaliy mashg‘ulotlarda tematik xaritalar va atlaslar bilan ishlab, ularni 
taqqoslash orqali talabalarda ma’lum tabiiy geografik obyektlarning hozirgi holati, 
unda sodir bо‘layotgan va bо‘lishi mumkin bо‘lgan jarayonlarni bilish malakasi 
shakllandi; 
-tabiatning tabiiy unsurlarini bir-biriga taqqoslab ularni ajratilgan holda emas, 
balki uzviy aloqada bо‘lib, agar uning biror unsuriga notо‘g‘ri tasir etilsa, u о‘z 
navbatida boshqa tabiat elementlarining holatini о‘zgarishiga sababchi bо‘lishi 
mumkinligi haqida talabalarda mustaqil ravishda hulosalar chiqarish malakasi vujudga 
keladi; 
- turli hil manbalarda hamda о‘quv qо‘llanmalarda berilgan jadvallardan 
foydalanib raqamli malumotlarni tahlil qilish, profillar tuzish, grafik va diagrammalar 
chizish malakasi shakllanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin