Farzandingizga kitob tanlashda adashmang!!!
Ushbu qo‘llanma mualliflari Shuxrat Nurgaziyev va Ilyosxo‘ja Bekmirzayevlar tomonidan yangicha yondashuv asosida yaratilgan «Muhim so‘zlar» hamda «Raqamli tarix» o‘yini singari ta’limiy o‘yinlarni keyingi sinflar uchun mo‘ljallab chop etiladigan qo‘llanmalarimizda berib boramiz. Masalan: 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha chop etiladigan qo‘llanmamizda «Egizaklar» o‘yini asosida shakllantirilgan topshiriqlarni Sizlarga taqdim etamiz. Odam qiziqish bilan o‘rgangan narsasini bir umr unutmaydi.
O‘zbekistonda ta’lim tizimida tarix fani bo’yicha ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu innovatsion loyiha siz va o’quvchilaringiz uchun manzur keladi degan umiddamiz.
Ushbu qo’llanma Xalq ta’limi a’lochisi Shuhrat Nurg’oziyev va Ilyosxo’ja Bekmirzayev tomonidan yaratilgan.
Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |