International school of finance technology and science


Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#140078
1   2   3
8 мавзу

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.

  • O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995-yil iyul), “Madad” sug‘urta agentligi (1995-yil 26-iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil mart) hamda ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi.
  • 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish taʼminlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko‘paydi, isteʼmol buyumlari importi kamaydi.

3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar.

  • Paxta ekiladigan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi.
  • Аgar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi.
  • Mamlakat rahbari tomonidan 2019-yil O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi. Bu boradagi Davlat Dasturiga muvofiq, mamlakatda biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari keng o‘rin olganligi istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ymoqda.
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin