4.
Abonent qurilmalarini almashtirish tartibi
4.1. Abonent qurilmasi nuqson bilan ishlab chiqarilganligi aniqlanganda,
tashqi taʼsir ko‘rsatilganligi izlari mavjud bo‘lmaganda (zavod plombasining
butunligi buzilganligi, korpusiga zarar yetkazilganligi, ichiga suyuqlik, hasharotlar
tushganligi va h.) Abonent Shartnoma
imzolangan vaqtdan boshlab, olti oy
davomida ushbu abonent qurilmasini almashtirish huquqiga ega. Bunday hollarda
Abonent birinchi navbatda 1084 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, abonent
qurilmasi nosoz holda ekanligini tasdiqlovchi tegishli dalolatnomani tuzish uchun
Kompaniyaning texnik mutaxassisini chaqirishi kerak.
Ishdan chiqqan Abonent
qurilmasining almashtirilishi Kompaniya omborxonasida shunga o‘xshash
konfiguratsiyaga ega qurilma mavjud bo‘lganda, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga
uning nosoz holda ekanligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida to‘liq jamlangan
holda qaytarilganda amalga oshiriladi.
4.2. Abonentga bog‘liq bo‘lmagan tashqi yoki boshqa omillar taʼsirida
qurilma shikastlanganligi faktlari aniqlanganda, Abonent qurilmasini 4.1-bandda
ko‘rsatilgan muddat davomida almashtirishga ruxsat beriladi. Zarurat tug‘ilganda,
sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisi xodimi tomonidan ushbu shartlarning 7.5-bandi
talablari buzilganligi holatlarini istisno qilish uchun
texnik ekspertiza xulosasi
talab qilinishi mumkin. Texnik ekspertiza ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun
tegishli huquqlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi, texnik ekspertiza o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar Abonent
tomonidan qoplanadi. Qolgan barcha hollarda
qurilma almashtirilmaydi, bunda
Abonentning barcha majburiyatlari o‘zgarishsiz qoladi.
4.3. Abonent tomonidan avval sotib olingan va GPON texnologiyasi bo‘yicha
telekommunikatsiya xizmatlariga ulangan abonentning o‘z qurilmasi ishdan
chiqqanda, abonent qurilmasi ushbu Aksiya doirasida taqdim etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: