IQTISODIY ISLOHOTLAR. INVESTITSIYANING BOZOR
IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
O’zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa
investitsiyalarning o’rni beqiyosdir.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma – xil
fikrlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta
tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar — qonun
hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan
intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi. Shunday
qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish
maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa sohalariga investorlar
tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi moddiy, moliyaviy
va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G’. G’ozibekov investitsiyalarning
iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib
o’tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni
asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va
ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”.
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya –
bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik
shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun
doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”.
G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2003. 26
bet.
Rossiyalik iqtisodchi-olim L.Igoshina tomonidan: «investitsiyalar – pulni saqlash, ko’paytirish yoki
ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo’lgan
har qanday vosita sifatida ifodalanadi», deb ta’riflangan. «Investitsii» darsligining muallifi,
professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki
boshqa samaralarga erishish maqsadida o’z yoki o’zga mamlakatning turli tarmoqlariga,
tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga
oshirishga yo’naltirilgan pul mablag’larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir».
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha
tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi
ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari
ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga,
tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli
yo’naltirilgan qo’yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig’indisi tushuniladi»;
- «investitsiyalar o’zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli
tarmog’iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo’yilmasi sifatida namoyon etadi»;
- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli
loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag’larini uzoq muddatga iritishni anglatadi»;
Investitsiyalar keng ma’noda o’zini mablag’lar va resurslarning kelgusida ko’payishi va iqtisodiy
samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar)
maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi. .
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar
investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan,
Nobel mukofotining iqtisodiyot bo’yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta’kidlashicha:
«investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda mu-
ayyan qiymatlikdan voz kechishdir». «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini mana bunday
sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki,
mablag’larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash
atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko’radilar.
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda ko’proq iste’mol qilish
sharoitiga ega bo’lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda
ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste’mol buyumlari bo’lib, boshqa qismi esa bu ishlab
chiqarishni kengaytirishga yo’naltirilgan resurslardir» Шарп У., Александр Г., Бейли Дж.
Инвестиции. Пер. с. англ. – М.: «Инфра-М», 1997. – С. 16, 979.
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko’payishi maqsadida uning turli xil shaklda
joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin». «Investitsiyalar – qo’yilmaning kelgusida o’sish
maqsadida bugungi iste’moldan voz kechish». «Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida
paydo bo’lgan kapital qo’yilma qiymatining joriy o’sishi. Bu o’sha davrdagi foydaning iste’mol
uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi». «Investitsiyalar – pul mablag’lari, maqsadli bank
jamg’armalari, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk
ko’rinishidagi kapital qo’yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bo’lgan mulkiy va nomulkiy
huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini ko’zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat
ob’ektlariga kiritish».
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha
sharhlaydilar, ya’ni «investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko’payishi, ishlab
chiqarish vositalarining jamg’arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar». Ushbu ta’rif o’z
mazmuniga ko’ra, ko’proq, «kapital qo’yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o’tish
joiz.
Investitsiya tushunchasi yagona va to’liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo’lib
hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya
mazmuni o’zining xususiyatlariga ega.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga
investitsiyalar va moddiy zahiralarining o’sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan
yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va
iqtisodiyotda kapital o’sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab
chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya
nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni
bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo’lib hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo’lishi noaniqroq bo’lgan
kelajak qiymatga almashishdir .
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti-1997)
kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni
ko’zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi,
masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi.
Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o’stirish va rivojlantirishni
moliyalashtirish uchun zarur bo’ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun
alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |