Iozev gaydn ijodi



Yüklə 134,2 Kb.
səhifə1/12
tarix02.12.2023
ölçüsü134,2 Kb.
#137525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
18 аббасова гайднДокумент Microsoft Word


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGIT
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MILLIY HUNARMADCHILIK VA SAN’AT FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI YO‘NALISHI
02/20 sirtqi guruh talabasi
ABBASOVA MAHFUZAXON BAHODIRJON QIZI


MUSIQA TARIXI FANIDAN
IOZEV GAYDN IJODI”
MAVSUZIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR: katta o`qituvchi S. RASULOVA.

QO‘QON - 2023


MUNDARIJA


KIRISH ……………………………………………………………………...
I BOB MUSIQA SAN’ATIDA KLASSITSIZM OQIMI.
1.1 Yozef Gaydn Hayoti ……………..………..…………………………….
1.2 Sonata-Simfoniya Turkumi ……..……..………………………………...
1.3 Simfonik orkestr va uning cholg’u sozlari……………………………….


II BOB . FRANS YOZEF GAYDN KLASSIK CHOLG`U MUSIQASINING BUYUK ASOSCHISI………………………………………………………..
2.1 Gaydn simfonik ijodining tavsifi…………………………………………
2.2 Gaydnning cholg'u ijodi «Yil fasllari» oratoriyasi………………………
XULOSA……………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………………..
ILOVALAR………………………………………………………………


KIRISH

Bugungi musiqa ta`limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Musiqa o`qitish jarayoni – bu o`qituvchi va o`quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o`zaro harakati bo`lib, bu jarayonda musiqa ta`limi, tarbiyasi va shaxsning musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. Musiqa o`qitish jarayoni musiqa o`qitish qonuniyatlari va prinsiplariga mustahkam tayanishi lozim, ular o`quvchining imkoniyatlari va musiqiy iqtidoriga asoslanadi, bu esa zarur musiqiy o`rgatuvchi repertuarni to`g`ri tanlash imkonini beradi.


Musiqa vositasida dunyoqarashni ahloqiy, ma`naviy, aqliy, mehnatni shakllantirish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Musiqiy badiiy obrazlarning nozikligi, ohangdorligi, lirikligi eng nafis va noyob tuyg`ularga ta`sir etish imkonini beradi. Shu bilan birga aniq ritm, dramatizm, ohanglar keskinligi, tantanavorlik, garmoniyaga boyligi insonda dadillik, jasorat tuyg`ularini uyg`otadi. Musiqa bilan bevosita shug`ullanish esa katta ma`naviy, aqliy va jismoniy mehnat hisoblanadi.
Musiqani tinglab idrok etishni ham huddi musiqa yozish va ijro etish kabi musiqa san`atidagi asosiy faoliyat turi deb hisoblash lozim. Qolaversa, tinglovchisiz musiqa san`ati o`z ma`nosini yo`qotadi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi.
Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog`liq. Musiqiy asarning to`liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi.
Musiqa tarixi fanini o`qitish jarayonida ta`lim sifati va samaradorligini ta`minlashda o`quvchilarning o`z o`stida ijodiy ishlashi muhim ahamiyat kasb etadiki, busiz bo`lajak musiqa o`qituvchisining kasbiy tayyorgarligini hozirgi qo`yilayotgan talablarsiz tasovvir etib bo’lmaydi.
Boshqa fanlar bilan bir qatorda musiqa nazariyasi fani ham o`quvchilarning umumiy musiqa va madaniy saviyasini ko`tarishga yordam beradi.
Musiqa tarixi o`rganish amaliy jihatdan tegishli yordam berishi uchun undagi asosiy qoidalar bilan umumiy va yuzaki tanishib chiqishning o`zi kifoya qilmaydi, buning uchun bu fanni har tomonlama va chuqur o`rganish zarur bo`ladi. Mashqlar ustida muntazam ishlash olingan bilim va ko`nikmalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Asosiy qismlariga oid mashqlar o`tkazish uchun kerakli materialni topishi kerak. Bundan tashqari o`quvchilar bilan mashg`ulot o`tkazish o`qituvchining musiqa adabiyotidan olingan misollar hamda o`zi tanlab olgan mashqlar bilan qo`shimcha materialni to`ldirib borishi ko`zda tutiladi.
Musiqa san`ati o`ziga xos bo`lgan ko`rinish va shakllarda, shuningdek, musiqiy badiiy janrlarda, obrazlarda inson fikri, tuyg`ulari, maqsadlari, emotsiyalarini aks ettiradi. Bunday tafovutlar musiqiy faoliyatning janri, shakli, ko`rinishlari, musiqa asari mazmuniga bog`liq bo`ladi.
Musiqa san`atida turli temp, dinamika, xarakterning birlashuvi asarni ijro etish jarayonida unga rangdorlik va uyg`unlik baxsh etib turadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, xalqimizni hayotdan rozi qilish eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab o’tdilar: “... bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir... Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - ... ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak”, - deya ta’kidladilar1
Haqiqatan ham, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan o’zgarish va yangilanishlar, eng avvalo, odamlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarning oqilona yechimini topib xalqimizning o’z turmushidan mamnun bo’lib yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratishga, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g’oyaning hayot bilan hamnafas ekanligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik tufayli o’z taraqqiyot yo’lidan dadil odim tashlab borayotgan davlatimizda yoshlarni erkin fuqarolik jamiyati uchun munosib voris qilib tayyorlash, yangi davr ruhida tarbiyalash – shu kunning eng dolzarb va ustuvor мazifalaridan biridir.
“Biz oldimizga qo’yayotgan rejalarni amalga oshirishda odamlarimizning hissasi tobora ortib borayotganligi – ularning fikri, dunyoqarashi, hayotga, ishga munosabati qanchalik o’zgarganligining dalili, desak, also xato bo’lmaydi. Eng muhimi, bugun biz boshimizdan kechirayotgan tinch – osoyishta va barqaror hayotning qadrini oddiy odamlar hammamizdan ko’ra ko’proq biladi. Bilib qo’yinglar, bu – bizning eng katta boyligimizdir”.
―Agar insonning qulog‘i engil-yelpi ohanglarga o‘rganib qolsa, borabora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‘naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda bunday odam ―Shashmaqom singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi2- deb ta‘kidlangan.
Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy-faoliyatda o'z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo'lib yetishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bolib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o'zbek musiqa ta'lim tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal uslublari ustoz va shogird an'analari misolida takomillashib borgan.
Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyev ham kelajagimiz yoshlarini ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbus bilan chiqdilar.
Musiqa inson his - tuyrularini, orzu -istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o‘zlashtirishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his - tuygularini, orzu- istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, uylayntiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir A1 -Farobiy aytganidek, «Bu fan tana cog‘lig‘i foydalidir».
SHayx Sa’diy «Musiqa odam ruxiningyo‘ldoshidir» Aristotel – “ Musiqa ma’naviy vahissiy hayot o’rtasidagi vositachi hisoblanadi. R.Beytner – “ Musiqaning yagona shakli : musiqasiz musiqa aqlga sig’maydi va musiqa ajralmasdir. V.Klevskiy – “ Musiqa bu dori darmonlarni , hayotning ma’yus tomoning , muammolar va kamchiliklarni yengishga yordam beradigan dori vositasidir va keyin yashash istagini beradi.

Yüklə 134,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin