Iozev gaydn ijodi



Yüklə 134,2 Kb.
səhifə2/12
tarix02.12.2023
ölçüsü134,2 Kb.
#137525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
18 аббасова гайднДокумент Microsoft Word

Mavzuning dolzarbligi: “Jahon musiqa tarixi’’ fani jahon musiqa san’ati tarixiga bag‘ishlangan bo'lib, badiiy mutaxassislik sohalarni kasb qilib egallashga qaratilgan talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda, har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi va tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa inson hayotida kuchli ma’naviy o‘choq maskani bo‘lgani bois, shaxs dunyoqarashi va uning qadriyatlar mezonlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi : Musiqa tarixini o‘rganish jahon musiqa san’atining asosiy rivojlanish pallalarini o‘zlashtirish, balki musiqiy-nazariy bilimlar Klassitsizm oqimi, Vena klassiklarini, Sonata - Simfoniya turkumini va uning asoschisi Y.Gaydn hayoti va ijodini o`rganish asosini shakllantirishga xizmat qiladi, musiqiy hodisalami chuqur anglab, atroflicha tushunish va idrok etishga yordam beradi.
Jahon musiqa san’ati rivojlanishining yirik davrlari, ilg‘or yutuqlari, turli davrda paydo bo‘Iib rivoj topgan musiqiy uslub va janrlar, yirik maktablar va ularning yorqin ijodkor va namoyandalari, musiqa san’atining tarixiy va nazariy masalalari tahlil etiladi.
Umumta'lim maktablarida o'qitiladigan musiqa madaniyati fani o'quvchi yoshlarni go'zallikni his eta oladigan, borliqdagi go'zallikka mehr va havas bilan qaraydigan milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash ko'zda tutiladi. Biz tadqiq etadigan tadqiqot ishimiz esa ushbu maqsadni amalga oshirish yo'lidagi eng muhim jihatlardan biri hisoblanmish musiqa madaniyati darslarida musiqa tarixi manbalaridan foydalanish orqali o'quvchi yoshlarimizni o'tmish qadryatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuning bilan barobarida ularda musiqa madaniytimiz xalqimiz o'tmishi tarixining ajralmas qismi ekanligini tushuntirish, musiqa tarixiga oid dalillarni idrok etishga o'rgatish, shu orqali ularda milliy g'urur va milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish o'quvchilarni ichki ruhiy dunyosini, hissiyot va tafakkurini boyitishning muhim omili ekanligining ilmiy uslubiy asoslarini yoritib berishni nazarda tutadi. Mana shu maqsadni amalga oshirishda barcha fanlar qatori musiqa ta'limi vatarbiyasining ham o'rni va ahamiyati beqiyosdir . Chunki musiqa san'ati insonqalbiga , ruhiyatiga kuchli emotsional ta'siri bilan kuchli tarbiyaviy ta'sirchanlik kasb etadi.

Yüklə 134,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin