Maxsus jismoniy tayyorgarlik tarixi
Insoniyat paydo bo‘lib, ijtimoiy tuzilmalarning o‘zgarishi, rivoj- lanishi natijasida ularning mehnat va ijtimoiy turmushida jismoniy jihat- dan har tomonama rivoj topish ustun bo‘lgan. Bu, albatta, tabiiy bir hol- dir. Chunki hayvonlarni ov qilish yoki ularning hujumiga qarshi turish (ibtidoiy jamoa tuzumi), yer va mulk egasi bo‘lish, ishlab chiqarish jara- yonlarini takomillashtirish ma’lum darajada tengsizlikni (feodalizm davri) vujudga keltirgan. Bunday jarayonlar urug‘lar, qabilalar, davlat- larning o‘zaro urushlariga sabab bo‘lgan. Barcha ko‘ngilsiz, noxush vo- qealardan xolos bo‘lish, qarama-qarshiliklarni yengish yoki ularga bar- dosh berish uchun jismoniy qobiliyatlarga (kurash, mushtlashish, nayza
sanchish, qilichbozlik, kamondan o‘q otish va h.k.) ega bo‘lishni taqozo etgan. Natijada tabiiy ravishda jismoniy chiniqish va tayyorgarlik jara- yonlarining u yoki bu turi hamda usullariga alohida e’tibor berilgan. Bularni Markaziy Osiyo, ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston hududlarida ya- shab o‘tgan avlod-ajdodlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bundan uch ming yillar avval yashagan Zardushtiylar (hozirgi Xorazm vohasi va uning atroflari) hayoti haqida «Avesto» (Zardushtiylar qomusi) kitobi dalildir. Unda faqat xudoga sig‘inish va janglarda g‘olib chiqishgina tasvirlanib qolinmasdan, balki ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar, ayniqsa, ma’- naviy-ma’rifiy madaniyat ham yuksak darajada o‘z ifodasini topgan. Uning negizida esa bolalikdan odob, mehnat qilish, jismonan chiniqish masalalari turadi.
«Alpomish» dostonida qadimgi avlodlarning madaniy urf-odatlari, oriyat uchun o‘z jonini ham ayamaslik, Vatan, el-yurt uchun jasorat ko‘rsatish xislatlari kuylanadi. “Alpomish” timsolida kurashda yengil- maslikka, chavandozlikda chidamlilik, kamondan o‘q otishda mahorat, kuch va merganlik kabi jismoniy sifatlar o‘z ifodasini topgan. Shuning- dek, «To‘maris afsonasi»da (tarixiy shaxs-ayol, taxminan eradan avvalgi VII-V asrlar) xotin-qizlarning Vatan uchun kurashi, oriyat uchun qasos olish kabi xislatlari, jasoratlari bayon etiladi. Shunga o‘xshash voqealar va afsonalarini «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi xalq og‘zaki ijodi durdonalari,
«Qirq qiz», «Kuntug‘mish», «Tohir va Zuhra» dostonlarida ham uchra- tish mumkin.
Ayniqsa, hunar egallash, harbiy jasorat ko‘rsatish kabi maxsus tay- yorgarlik jarayonlari buyuk sarkarda Amir Temur va uning sulolalari (Mirzo Ulug‘bek, Bobur va h.k.) hayotida amaliy jihatdan o‘z mazmu-niga ega bo‘lgan. Sharq she’riyatining sultoni, hazrati Alisher Navoiy- ning «Xamsa» (besh kitob) asarida va undan keyingi davrlarda ijod etgan shoirlar, faylasuflar, solnomachilar (tarixchilar) va boshqalarning asarlarida qahra- monlik, jangovarlik, kasb-hunar egalari to‘laqonli tasvirlangan.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Ahmad polvon, Hoji Abla, Hojimurod polvon kabi shaxslar butun Markaziy Osiyoda kurashlarda qatnashib, yelkasi yerga tegmagan. Bunday tarixiy shaxslar yurtimizning barcha hududlarida mavjud bo‘lgan.
Umuman olganda, jangovarlik, qahramonlik, kasb-hunar va oriyat yo‘lida maxsus xizmatlar, faoliyatlar cheksiz ko‘p va keng bo‘lganligi haqida tarxiy manbalar, badiiy asarlar, tasvirlarda ularni uchratish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, barcha jangovarlik va ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi tadbirlar mazmunida iqtidorli kishilarni maxsus jismoniy
tayyorlash tadbirlari keng miqyosda olib borilgan. Bu meroslar bizning davrimizgacha yetib kelib, ularning shakllari, mazmunlari va mohiyat- lari hozirgi davr talablari asosida takomillashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |