Iqtisod-moliya


Ishlab chiqarish – mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilotchilarini tayyorlash



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə11/43
tarix10.02.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#123241
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43

Ishlab chiqarish – mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilotchilarini tayyorlash

Respublika hukumati tomonidan aholining salomatligini yaxshi- lashda jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratmoqda.


Ma’lumki, jahondagi yirik sanoat korxonalarida bevosita mehnat jarayonida maxsus xodimlar, jismoniy tarbiya uslubchilari, tashkilotchi- lari tomonidan bir ish kunida qariyb 1-1,5 soat (har 2-3 soatda) davomida jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etiladi. Mehnat turlari va xodimlari- ning ish faoliyati bilan bandligiga qarab jismoniy mashqlar, turli xil o‘yinlar 10-15 daqiqa davomida o‘tkazib boriladi. Bunday tadbirlar salo- matlikni mustahkamlash, ish qobiliyati va mehnat samaradorligini oshi- rishga qaratilgan. Har bir korxonada sport majmui (stadion, sport zallari, suv havzalari, o‘yin maydonlari va h.k.) bor. Shu sababli har bir xodim ishdan keyin avvalo, sport majmuiga yo‘l oladi. Ularda zamonaviy trena- jerlar mavjud. Jismoniy mashqlar, sport turlari bo‘yicha musobaqalar ko‘p o‘tkaziladi. G‘oliblar va hatto oddiy qatnashchilar ham biror-bir sovg‘a yoki sovrin bilan taqdirlanadi. Shu sababdan ko‘pchilik mam- lakatlarda mehnatkash aholining 50-60 foizi jismoniy tarbiya va sport turlari bilan uzluksiz shug‘ullanadilar. Ular faqat qiziqarli tadbir bo‘lgani yoki sovrin-sovg‘a olgani uchungina emas, balki jismoniy tarbiya va sportning jismoniy rivojlanishni ta’minlashdagi mehnatlarini yaxshi tushungani va bilgani uchun ham shug‘ullanadilar.
Bunday holatlar Toshkent, Samarqand. Andijon, Farg‘ona, Navoiy, Buxoro va b.q. yirik shaharlardagi sanoat ishlab chiqarish jamoalarida ham asta-sekin shakllanib bormoqda.
Yuqorida ta’kidlangan sharoitlar, imkoniyatlar va o‘tkazilishi lo- zim bo‘lgan tadbirlarni yaxshi yo‘lga qo‘yishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:


  • barcha jamoalardagi rahbar xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarda qatnashishlarini ta’minlash;


  • har bir jamoaning imkoniyat darajasiga qarab sport inshootlarini ken- gaytirish hamda sport tadbirlarini sifatli o‘tkazish;


    • yirik ishlab chiqarish korxonalarida tsexlar, bo‘limlarning hamda ulardagi ishchilarning soniga qarab jismoniy madaniyat uslubchilari- tashkilotchilari shtatini belgilash;


    • sport klublari, boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari faoliyatida ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya-sport turlarini ustuvor qilib qo‘yish;


    • har bir tsex, bo‘linmalarda maxsus tashkilotchilarga (uslubchi- instruktor) amaliy jihatdan ko‘maklashuvchi jamoat faollarini (instruktor-uslubchi, murabbiy, hakam, tashkilotchi, komanda sardori va h.k.) tayyorlash, ularning amaliy malakalarini oshirib borish;


    • stadion, sport zali, suv havzalarida sog‘lomlashtirish guruhlarini ko‘paytirish, shug‘ullanuvchilarni qiziqtiradigan ommaviy sport tadbirlarini ko‘proq tashkil etish;


    • guruh va oilaviy dam olish kunlarida piyoda yurish, sayohat kabilarini tashkil qilish va h.k.



    1. Yüklə 288,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin