O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISOD TARMOQLAR VA SOHALAR” YO`NALISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning shakllanishi va rivojlanish shart sharoitlari.
Bajardi: Bahodirov Nazarbek
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Mavzu:Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari.
Reja:
Kirish.
1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o’tishning zaruriyati.
2.Bozor iqtisodiyotiga o’tishda rivojlangan mamlakatlar modellari.
3.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish
Bozor va uning tuzilishi,bozor iqtisodiyotning mazmuni,belgilari,uning afzallik va kamchilik tomonlarini o’rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakmi, yo’qmi degan savol turadi.Hozirgi vaqtda ko’pchilk mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb,unga o’tmoqdalar.Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun maxsus o’tish davri zarur bo’lib,bu davrning mazmuni va asosiy belgilari ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O’tish davri nazariyasi,xususan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari bayon qilinadi.Shuningdek,O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari,respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni,maqsadi va asosiy yo’nalishlari ko’rsatib beriladi.
Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko`rinishi ko`rsatiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi. Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li».
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va
unga o’tishning zaruriyati.
Dostları ilə paylaş: |