Iqtisod tarmoqlar va sohalar


Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish



Yüklə 161,31 Kb.
səhifə10/13
tarix01.01.2022
ölçüsü161,31 Kb.
#106752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi !!!

4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.

Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim. «Demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta’sirchan mexanizmi mavjud bo’lgandagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlash mumkin.» «O’zbekiston modeli»ning eng muhim jihatlaridan biri unda aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berilishidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tishdan asl maqsad insonlarning hayoti farovon bo’lishini ta’minlash uchun sharoit yaratishdir. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tish bir qator ijtimoiy muammolarning vujudga kelishi bilan jamiyatning tabaqalashuvi, inflyatsiya, ishsizlik, turmush darajasining pasayishi, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan birga yuz beradi. Shunday sharoitda aholi turmush darajasining haddan tashqari pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun uni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy siyosat har bir jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy himoya qilish mexanizmiga asoslanadi. O’tish davrida ijtimoiy himoyalashning o’tkinchi mexanizmi amal qiladi. Davlat va nodavlat mexanizmlari birikib, aholining ijtimoiy himoyasini birgalikda amalga oshiradilar. Himoya byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy manbalar hisobidan ta’minlanadi. Kuchli ijtimoiy yo’naltirilgan siyosatning mohiyati shundaki, davlat butun jamiyatni aniq ishlab chiqilgan, ya’ni bozor munosabatlariga o’tishdagi qiyinchiliklarni yumshatadigan ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olishga harakat qiladi.




Yüklə 161,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin