Iqtisod tarmoqlar va sohalar



Yüklə 161,31 Kb.
səhifə9/13
tarix01.01.2022
ölçüsü161,31 Kb.
#106752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi !!!

3.Qonunlarning ustuvorligi. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’I zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlarga tayangandagina muqarrar bo’lishi, sezilarli natijalar berishi mumkin. Qonun hamma narsadan ustun bo’lishi kerak. Bu tamoyil qonun oldida barchaning baravarligini ko’rsatadi. Jamiyatning har bir a’zosi kim bo’lishi, qanday lavozimda ishlashidan qat’i y nazar, qonunlarga rioya qilishi shart. «O’zbekiston modeli»da bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanib, unga xos bo’lgan faoliyat, iqtisodiy munosabatlar qabul qilingan qonunlar asosida olib borilishiga alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun esa avvalo ko’zlangan maqsadni amalga oshirishni ta’minlovchi, har jihatdan puxta qonunlar qabul qilinishi lozim. Respublikada amalga oshirilayotgan huquqiy islohot O’zbekistonda amalga oshirilayotgan umumiy islohotlarning tarkibiy qismidir. Ma’lumki, huquqiy islohot faqat huquqiy doira bilan chegaralanmaydi, chunki huquqiy islohotning o’zgartiruvchi kuchi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Xuquqiy islohot bo’lmas ekan, siyosiy tizimni, iqtisodiy hayotni isloh qilishga, uni samarali amalga oshirishga umid bog’lab bo’lmaydi. Shuning uchun ham islohotlar, eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishdan boshlangani bejiz emas. Chinakam demokratik qonun oliy yuridik kuchga ega. Shuning uchun ham u oliy hokimiyat organi tomonidan yaratiladi. Qabul qilingan qonun boshqa barcha yuridik hujjatlardan ustun turadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi asosida o’zining huquqiy, demokratik davlat tuzishga intilayotganini e’lon qildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u fuqarolarga, davlatning o’ziga, uning organlari va mansabdor shaxslarga qonunlarga muvofiq ish olib borish majburiyatini yuklaydi va bu bilan odamlarning yuz berishi mumkin bo’lgan zo’ravonliklardan himoyalanishini kafolatlaydi. Qonunni hurmat qilish, unga rioya qilish — huquqiy davlat, erkin fuqarolar jamiyatini shakllantirishning zarur shartidir. Qonunlar nazar-pisand qilinmagan, buzilgan joyda tartibsizlik, iqtisodiy parokandalik kelib chiqadi. Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti qonunchilikka, qonunga tayanadi. Yaxlit bozor tizimi vujudga kelishi uchun uning turli tomonlariga oid barcha qonunlar o’zaro muvofiqlashgan bo’lishi zarur. Bozor munosabatlarini tartiblashda iqtisodiy hayotga oid qonunlar alohida o’rin tutadi. Bular: mulkchilik, tadbirkorlik, moliya-kredit tizimi, raqobat, antimonopol faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat, ijara,yerga egalik qilish, soliqlar, sanatsiya, milliy iqtisodiyotni himoya qilish, kapital bozori, sug’urta, garov, dehqon xo’jaligi va boshqalar to’g’risidagi qonunlardir. «Isloh qilishning birinchi bosqichida, biz huquqiy asoslarni yaratishda o’zimizga xos yondashuvlarni, qonun hujjatlarini ishlab chiqarish va qabul qilish bo’yicha o’z mexanizmimizni vujudga keltirdik.» Qonunlarning o’zi qabul qilinganicha turib qolmaydi, u davr talabi bilan o’zgaradi. Yangilari qabul qilinadi, eskilariga tuzatishlar kiritiladi.

Yüklə 161,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin