Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə4/4
tarix19.05.2023
ölçüsü31,69 Kb.
#127241
1   2   3   4
IQTISODIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI

Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo’shimchasi o’z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g’oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo’ylab tarqatadilar; ular o’z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o’z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko’pincha, o’z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho’'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo’ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to’g’ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo’llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo’lsa; 2) ular dunyoning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo’lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko’pgina turli mamlakatlardan bo’lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko’pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o’z faoliyatlari haqida axborotlarni zo’rg’a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda aniqlash juda katta murakkabliklarni o’zida mujassamlashtirgan, chunki transmilliy korporatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o’zgarib turadi. TMKlar bo’yicha BMT komissiyasi o’z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:
Bu kompaniyalar:
- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o’z ichiga oladi;
- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o’zib ketuvchi;
- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo’lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o’zaro bog’langan;
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko’rinishi farqlanadi:
1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo’yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo’ladi) va faoliyat doirasi bo’yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).
2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo’yicha ham, faoliyat doirasi bo’yicha ham xalqaro bo’lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo’ylab amalga oshiriladi).
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.

3. “AQSH va G‘arbiy sivilizatsiya mamlakatlari “qoloq dunyoga qarshi” shaklidagi yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida rivojlangan, barqaror “SHimol” va yanada ortda qolayotgan beqaror “Janub”ning yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‘rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, “SHimol”ning dunyoni “qayta o‘zgartirish”ga intilishi shu bilan izohlanar emish. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar natijasida “Janub”ning bunga kuch bilan erishishi amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‘chish (migratsiya)ga urinish, “Janub”da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. “SHimol” uchun bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‘li bor: “Janub”dan to‘siqlanish yoki uni iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.


4. “Demokratik dunyo”ning nazariyasi va modeli G‘arb sivilizatsiyasining izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra XXI asr “tinchlik va barqarorlik zonasi” hamda “tartibsizliklar va mojarolar zonasi”ga bo‘linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan qo‘rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.
5. Turli xarakter va miqyosdagi integratsion jarayonlar ta’siri ostida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‘zgarishi, ya’ni “geoiqtisodiyot”ning tashkil topishi yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‘lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‘ayratlarini birlashtirish jahon maydonida ta’sir ko‘rsatishning “noharbiy vositalari (instrumentlari)” tovarlar va xizmatlar dunyo bozorida operatsiyalar o‘tkazish, xorijiy sarmoya qo‘yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.
Umuman, o‘z jamuljamligi bilan jahon hamjamiyatini yangi holatga olib boruvchi qator qudratli omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: davlatlarning harbiy qudrati; “sovuq urush”dan g‘olib chiqish; SHimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning keskin ko‘tarilishi; transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar ta’sirining o‘sishi fonida davlatlar ahamiyatining pasayishi; davlat va xalqlarning yangi sharoitlarda yangi bir xillikni qo‘lga kiritishga intilishlari; qashshoqlik va boylik qarama-qarshiligining kuchayishi; XX asrda qaror topgan dunyo konfiguratsiyasini tubdan o‘zgartirishga qodir rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlash.
Davlatning jahon maydonidagi ierarxik o‘rni ham raqamlar bilan o‘lchanadigan xarakterga (tavsifga), ham baho xarakteriga (tavsifiga) ega bo‘lgan ko‘plab parametrlar (o‘lchamlar) bilan belgilanadi.
Davlat qudratining eng umumiy tavsifi — bu yalpi ichki mahsulot, aholi, hudud, shuningdek, qurolli kuchlar sonidir (eng avvalo, yadro qurollarini qo‘shganda). 1990 yillarda etnik, diniy zamindagi turli qurolli mojarolarning ko‘pligiga qaramay, dunyo siyosatida moliyaviy-iqtisodiy va savdo-iqtisodiy muammolar ustun mavqeda bo‘lgani umume’tirof qilingan edi. Hozirgi paytda xalqaro terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi muammolarning ahamiyati oshdi, dunyo siyosatida yadro omili yana dolzarb bo‘lib qoldi. Terrorizmning ahamiyati sezilarli o‘sib bormoqda. Hududning kattaligi davlatning harbiy xavfsizligini oshiradi, qishloq xo‘jaligi uchun keng maydon beradi, transdavlat transport yo‘laklari uchun, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar. uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 
Dunyoda kuchayib borayotgan strategik mavhumlik, beqarorlik etakchi kuch markazlariga nisbatan “tekis vektorlilik” (ravnovektornost), uzoq muddatli muayyan dunyoviy yoki mintaqaviy kuch markazlariga kirishdan uzoqda turish, ayni paytda ular va boshqa davlatlar bilan imkoni boricha o‘zaro foydali, teng huquqli mazmundagi sheriklik munosabatlarini kuchaytirish kabi tashqi siyosat strategiyasini saqlash hamda rivojlantirish muhimligini isbotlamoqda.
Integrallashuv jarayonlarini aniqlashtirish va tushuntirish borasidagi turli nazariy konsepsiyalar birgalikda mavjud bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Biroq, asosiy masala kun tartibida turishda davom etmoqda: mintaqaviy integratsiyaning kuchayishi global erkin savdo maqsadiga yaqinlashishga layoqatlimi? Jahon iqtisodiyotining global tartibi (rejimi) globallashuv va mintaqaviylashuv jarayonlarining birga mavjud bo‘lishi hamda birgalikda harakatlanishiga yo‘l beradi.
Globallashuvning eng katta muammosi “kim yutib chiqadi?” degan savol bilan bog‘liq. Ustunlikning katta qismini amalda boy davlatlar yoki individlar qo‘lga kiritadi. Globallashuv samarasining notekis taqsimlanishi mintaqaviy, milliy va baynalmilal hamda umumjahon miqyosida mojarolar xavfini tug‘diradi.
Mintaqaviy darajada ham, global darajada ham institutsionallashuv mavjud. Masala shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishishi mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor mintaqaviy sheriklikni (xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) “mintaqalararo globallashuv” sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy tashkilot va kaolatsiya ayrim muammolarning alohida bilim va tajribalaridan, mintaqa ichidagi katta legitimlilikdan foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini sezilarli darajada bo‘lisha olishlari mumkin. Ammo, global tashkilotlarning alohida siyosiy legitimliligi tufayli va ular xavfsizlik chaqiriqlariga mintaqadagi davlatlar samarali javob berishga qurbi etmagan yoki bu masalada siyosiy betaraf bo‘lgan holatlarda ekstraregional aralashuv tizimini o‘zida ifodalagani uchun mintaqaviy tashkilotlar global tashkilotlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin