ozbekistonda milliy valyuta somni kiritilishi va uni barqarorlashtirish muommolari
33-modda. Markaziy bankning pul belgilarini chiqarishdagi vakolatlari. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini
muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Muomalada bo‘lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi.
Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi. Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi banknot va
10
tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlab beradi.