34-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash. Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi, muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek bosma qoliplar va bo‘yoqlar saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
35-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar. Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati bo‘yicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.