MT19
MT21
MT23
Rezyume - bu boʻlajak ish beruvchi uchun eng muhim ish tajribasi va nomzodning tegishli kasbiy koʻnikmalari va bilimlarining qisqa xulosasi.
Rezyumeni oʻqish uchun professional rekruterlar 9 soniyadan vaqt sarflashlarini bilasizmi?
Shuning uchun rezyumeni bir qancha jihatlarga eʼtibor bergan holda yozish muhimdir:
Rezyumening toʻgʻri tuzilishi
Tavsiya etilgan rezyume formati 2 betdan oshmasligi kerak.
Rezyume quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Bogʻlanish uchun maʼlumot: Toʻliq ism-sharif, manzil (shahar), bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili.
Ish tajribasi: siz ishlagan kompaniyalar nomi va faoliyat yoʻnalishi, ishlagan davringiz, lavozim, ish vazifalar va yutuqlar.
Maʼlumotingiz: taʼlim muassasalarining nomlari, oʻqishning boshlanish va tugash sanalari, qoʻshimcha taʼlim (treninglar, malaka oshirish kurslari, amaliyotlar).
Kasbiy koʻnikmalar: xorijiy tillar, kompyuter, maxsus dasturlar va uskunalarni bilish darajasi, haydovchilik guvohnomasining mavjudligi.
Shaxsiy maʼlumotlar: tugʻilgan sana, oilaviy holat, yashash joyi (shahar, metro bekati). Oʻzingizning sevimli mashgʻulotingiz haqida maʼlumotni shu yerga qoʻshishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |