Iqtisodiyotda tizimli tahlilning boshqa fanlar bilan uzviy aloqadorligi
Reja:
Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va obyekti
Iqtisodiy tahlilning maqsadi va asosiy vazifalari
Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o’rni
1 Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va ob’yekti
Tahlil grekcha “Analisis” so’zidan olingan bo’lib, ajratish, bo’laklash, parchalash kabi ma’nolarni anglatadi. To’liqroq qilib aytganda, iqtisodiyotda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa va jarayonlarni bo’laklarga, qismlarga bo’lib o’rganish degan ma’noni bildiradi.
Tahlilning asosiy mazmuni. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini maqsadli tezkor, joriy va istiqbolli o’rganish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashqil qiladi.
Tahlilning predmeti deganda nima tushuniladi?.
Tahlilning predmeti deganda korxonalarning xo’jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tushuniladi
|
Demak, korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyatlarida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida paydo bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar va hodisalar tahlil predmetidir.
Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bo’lgan va bo’layotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bo’lib hisoblanadi, yani tahlilning predmeti qayerda sodir bo’lsa, o’sha subyekt tahlilning obyekti bo’lib hisoblanadi, yani fermer, shirkat va boshqa xo’jaliklar tahlil obyektidir.
2 Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari.
Tahlilning maqsadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini chuqur o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning asosiy vazifalari.
1.Xo’jalik yurituvchi subyektni biznes rejasini tuzish uchun tegishli hisobot axborot ma’lumotlar bilan taminlash;
2.Biznes reja bajarilishini xo’jalik moliyaviy barqarorligini taminlash nuqtai nazardan o’rganish.,
3.Har-bir jarayon natijasining o’zgarishini aniqlash va unga ta’sir qiluvchi har bir omilning ta’sirini hisoblash.,
4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsatish;
5.Xo’jalik yurituvchi subyektning (fermer, shirkat va boshqa xo’jalikning) iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, uning to’lovga qodirligi darajasiga baho berish hamda ularni yahshilash va oshirish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish.
6.Xo’jalik yurituvchi subyektning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi malumotlarni keng jamoatchilikka ko’rsata bilish.
3 Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o’rni
Iqtisodiy tahlil fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi iqtisodiy fandir. U ko’p fanlarbilan,birinchi navbatda iqtisodiy fanlar bilan bevosita uzviy bog’liqlikda bo’ladi.. Shular jumlasiga Falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarishni tashqil qilish, moliya va boshqa fanlar kiritish mumkin.
Adabiyotlari ro’yxati
1.Abdullayev Yo va boshqalar. Iqtisodiy tahlil. 100 savol va javob. O’vuv qo’llanma. T. 2001
2.Pardayev M.Q. – Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. Samarkand: 2001.
3.Vahobov A.V. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: 2005.
4.Urdushev H. va boshqalar. Microsoft Winlows XP va Microsoft Office XP da
Ishlash. Samarqand , 2007
5.Qudratov T., Ibrohimov M., Karimova M. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma.
–T.: “Ilm ziyo” nashriyoti, 2005-2014 (6-marta nashr qilingan).
6.Qudratov T., Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik.Samarqand: 2010.
7.Qudratov T. Fayziyeva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazarjti. Darslik. –T.: “Voris” nashriyoti.2012.
8.Qudratov T.K. – Iqtisodiy tahlil nazariyasi (maruzalar kursi). Samarqand: 2013
Dostları ilə paylaş: |