Iqtisodiy taraqqiyotda pulning o'rni


Banklar va ularning iqtisodiyotni  moliyalashtirishdagi roli



Yüklə 411,5 Kb.
səhifə4/6
tarix26.03.2023
ölçüsü411,5 Kb.
#124377
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy taraqqiyotda pulning o\'rni

Banklar va ularning iqtisodiyotni 
moliyalashtirishdagi roli

Iqtisodiyot taraqqiy eta borgan sari jamiyatdagi pulmunosaba tlari ham rivojlanib boradi, ya`ni jamiyat qancha boy bo`lsa, uningpul mablag`lari ham shuncha ko`p bo`ladi. Har qanday boy davlatda, binobarin,vaqtincha bo`sh pullarga ega bo`lgan firma (korxona), kompaniya va tashkilotlar,shuningdek aholining soni ham ko`p bo`ladi. Ana shu pullarni bir erga jamlash vaularni iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qayta taqsimlash, ya`ni pulmablag`lariga ehtiyoji bor bo`lgan xo`jalik sub`ektlariga qarzga berishnihoyatda muhim ahamiyatga ega bo`lgan faoliyatdir. Aynan shu faoliyat bilanshug`ullanuvchi muassasalar bank deb yuritiladi. Demak, banklar pulmunosabatlarini rivojlanishi bilan yuzaga kelganmuassasalardir.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida barcha iqtisodiyjarayonlarni amalga oshirish, xususan iqtisodiyotni moliyalashtirish, ya`ni pulmablag`lari bilan ta`minlash banklar faoliyati bilan chambarchas bog`lanibketgan. O`zbekiston Respublikasining “Bank va bank faoliyati to`g`risida”giQonunida ularga quyidagicha ta`rif berilgan: “Bank - tijorat tashkiloti bo`lib,bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradiganyuridik shaxsdir.”
Bank faoliyati iqtisodiyotda investitsion jarayonlarni va tovarlarning sotilishini tezlashtiradi, muomala xarajatlarini kamaytirishga ko`maklashadi. Pul muomalasi tezlashuvi va to`lovlarning naqd pulsiz bajarilishi pirovard natijada xo`jalik yurituvchi sub`ektlar uchun katta qulayliklar yaratadi. Kredit muassasalari orqali mablag`larni ishlab chiqarishga safarbar etish natijasida uni kengaytirish, zamonaviylashtirish, fan-texnika yutuqlarini joriy etish imkoniyatlari kengayadi.
Kredit operatsiyalari orqali kapital eng ko`p foyda keltiradigan sohalarga oqib o`tadi va oqibatda milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarning takomillashuvi sodir bo`ladi.
Hozirgi kunda bank, odatda, aktsiyadorlar jamiyatidan iborat bo`lib, moliyaviy operatsiyalar zaminida yotadigan o`z kapitaliga ega bo`lgan tashkilotdir.
Banklarning asosiy vazifalari vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini to`plash va turli firma (korxona), tashkilot va muassasalarga qarz berish ekanini biz yuqorida aytib o`tilganlardan bilib oldik. Shu bilan birgalikda, qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar o`tkazish, milliy iqtisodiyotda pul to`lovlari va hisob-kitoblarni amalga oshirish, kredit pullari va boshqa muomala vositalarini chiqarish (banknotlar, cheklar va h.k.), moliyaviy maslahat va iqtisodiy axborot berish kabilar ham ularning muhim vazifalari hisoblanadi.
Bank operatsiyalari aktiv va passiv operatsiyalarga bo`linadi. Passiv operatsiyalar natijasida bankning resurslari shakllanadi. Ularga bankning o`z mablag`lari, jalb etilgan mablag`lar (omonatlar, depozitlar va boshqalardan olingan kreditlar) hamda emissiya tufayli hosil bo`luvchi mablag`lar (muomalaga pul, aktsiyalar va obligatsiyalar hamda boshqa qarz majburiyatnomalarini chiqarish) kiradi. Passivlarda jalb etilgan mablag`lar asosiy o`rinni egallaydi.
Bankning aktiv operatsiyalari natijasida uning ixtiyoridagi mablag`lar turli yo`nalishlarda joylashtiriladi: bularga kreditlar berish, veksellarni hisobga olish va qimmatli qog`ozlarni sotib olish kabi operatsiyalar kiradi.
Banklar vositachiligida milliy iqtisodiyotda naqd pulli va naqd pulsiz o`zaro hisob-kitoblar olib boriladi. Ko`pgina mamlakatlarda hisob- kitoblarning eng muhim quroli bo`lib chek (bankdagi mablag`idan boshqalar hisobiga o`tkazish haqida yozma farmoyish) xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning harakatlanishi sohasida ham raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish talab etiladi. Bunga erishishning asosiy yo`llaridan biri banklarga tijorat muassasasi maqomini berishdir. Tijorat maqomi bankka kreditlash maqsadlari, shartlari va muddatlarini tanlashda, o`z faoliyatining turli shakllarini rivojlantirishda, o`z shtatlari hamda xodimlarining ish haqi darajasini belgilashda va boshqa hollarda mustaqillik uchun imkoniyat yaratadi.
Foyda olib ishlash bank faoliyatining tijorat maqsadiga aylanishi mijozlarni o`ziga jalb etish uchun kurashishga, aktiv, passiv va vositachilik operatsiyalarini bajarishda tadbirkorlik bilan harakat qilishga majbur qiladi. Natijada ishbilarmonlik raqobati rivojlanadi, bank xizmatlarining turlari ko`payib boradi va sifati ham yaxshilanadi.
Tijorat banklari tizimining yaratilishi va amal qilishi natijasida quyidagi muhim iqtisodiy vazifalar hal etiladi.
Birinchidan, tijorat banklari tizimining faoliyati orqali ijtimoiy ishlab chiqarishdagi makroiqtisodiy muvozanatlarga iqtisodiy usullar bilan ta`sir ko`rsatiladi, ya`ni iqtisodiyot pul-kredit dastaklari vositasida tartibga solinadi.
Ikkinchidan, moliyaviy resurslarning ular eng yuqori samara beradigan sohalar va korxonalarga erkin o`ta olishi uchun sharoit vujudga keladi.
Kapitalning manbai bo`yicha davlat banklari va xususiy banklar, operatsiyalarining xarakteri bo`yicha esa universal va ixtisoslashgan (ipoteka, omonat, investitsion va h.k.) banklar mavjud.
Hozirgi kunda banklar tomonidan bajariladigan trast, lizing va faktoring operatsiyalari keng tus olmoqda. Trast (ishonch) operatsiyalarida mijozlar banklarga bankdagi o`z mablag`lariga qimmatli qog`ozlar sotib olish huquqini yoki bankka topshirib qo`yilgan qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq faoliyatni amalga oshirish huquqini ishonib topshiradilar. Bu operatsiyalardan kelgan daromadlar mijoz bilan bank o`rtasida taqsimlanadi. Lizing operatsiyalarida bank o`z ixtiyoridagi moddiy mulkni kredit shartlari asosida ijaraga topshiradi. Faktoringda kompaniya o`z debitorlik qarzlarini boshqarish bo`yicha operatsiyalarni bank ixtiyoriga berib qo`yadi.
Hozirgi kunda banklar faqat xususiy biznes bilangina emas, balki davlat bilan ham chambarchas bog`lanib ketgan. Banklar hukumat xarajatlarini mablag` bilan ta`minlashda, davlat byudjetining kamomadini qoplashda qatnashadilar, hukumatning qimmatli qog`ozlarini bozorda sotib beradilar yoki o`zlari sotib oladilar. Ko`pchilik mamlakatlarda pul emissiyasi bilan shug`ullanuvchi va kredit tizimini nazorat qiluvchi markaziy bank bilan bir qatorda ko`pgina yirik tijorat banklari ham davlat ixtiyoridadir. Bundan tashqari iqtisodiyotning ayrim sohalarini (qishloq xo`jaligi, tashqi savdo, uy-joy qurilishi va h.k.) kreditlovchi maxsus davlat muassasalari ham mavjud.
Faoliyat xarakteriga ko`ra banklar emissiya, tijorat va ixtisoslashgan banklardan iborat. Mamlakat kredit tizimining markaziy bo`g`ini emission bank bo`lib, davlat unga monopol ravishda muomalaga pul chiqarish huquqini bergan. Emissiya banki boshqa banklarni kreditlash bilan shug`ullanadi va shu ma`noda u banklarning bankidir. O`zbekiston Respublikasida bu vazifalarni O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bajaradi.
Markaziy bank emissiya vazifalari bilan bir qatorda boshqa kredit muassasalari pul rezervlarini, mamlakat oltin va valyuta rezervlarini, saqlash bilan shug`ullanadi, davlatning qimmatli qog`ozlarini sotib oladi, banklararo kliring (bir-biri bilan qarzlarni e`tiborga olib hisob-kitob qilish) hisob-kitoblarini amalga oshiradi.
“O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi Qonunga binoan Markaziy bank davlatning bosh banki hisoblanadi. O`z sarf-xarajatlarini o`z daromadlari hisobidan qoplaydi va iqtisodiy jihatdan mustaqil hisoblanadi.
O`zbekistonda tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag`lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish hamda to`lovlarni amalga oshirish bilan shug`ullanuvchi tijorat tashkilotlaridir.
Tijorat banklari bank tizimining quyi bo`g`ini bo`lib, ular tijorat qoidalari asosida mijozlarga kredit va hisob-kitob xizmati ko`rsatadi. Ko`pchilik hollarda tijorat banklari universal xarakterda, ya`ni bank faoliyatiga oid barcha yoki ko`pchilik operatsiyalarni ijro etadilar.
Moliya-kredit operatsiyalarini muayyan turlarini bajarishga ixtisoslashgan tijorat banklari ixtisoslashgan banklar deb ataladi. Masalan, investitsion banklar kapital qo`yilmalarni moliyalash va kreditlash bilan, eksport-import banklari tashqi iqtisodiy aloqalarga xizmat ko`rsatish bilan shug`ullanadilar.
Bankning asosiy vazifasi pul mablag`larini ularning egalaridan qarz oluvchilarga, ya`ni sotuvchilardan xaridorlarga etkazilishida vositachilik qilishdir. Bu vazifani banklar bilan bir qatorda boshqa moliyaviy muassasalar (investitsiya fondlari, sug`urta kompaniyalari, brokerlik, dilerlik firmalari va boshqalar) ham bajarishlari mumkin. Biroq banklarga xos moliyaviy tavakkalchilikning ikki muhim belgisi mavjud.
Birinchidan, banklar o`z qarz majburiyatnomalarini (depozitlar, omonat guvohnomalari, omonat sertifikatlari va boshqalar) joylashtirish orqali o`zlariga mablag`larni jalb etadilar. Jalb etilgan mablag`lar o`zgalarning qarz majburiyatnomalariga joylashtiriladi. Investitsiya fondlarining aktsiyalari qarz majburiyatnomalari emas, balki umumiy mulkdagi ulushni ifodalaydi. Moliyaviy brokerlar esa o`z qarz majburiyatnomalarini chiqarmaydilar.
Ikkinchidan, bankning omonatchilar va mijozlar oldidagi majburiyatlari summasi oldindan belgilab qo`yilgan va bu majburiyatlar bank erishadigan moliyaviy natijadan qat`iy nazar bajarilishi lozim.
O`zbekistonda tijorat banklari, odatda, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati ko`rinishida tashkil etilgan bo`lib, ularni boshqarishning oliy organi aktsiyadorlar umumiy yig`ilishidir.
Tijorat banklarining faoliyati tijoratchilik qonun-qoidalariga asoslanadi, ular o`z ixtiyoridagi mablag`lar doirasida va foyda olish maqsadida ish olib boradilar. Tijorat banki qonunda belgilab qo`yilgan chegaralarda iqtisodiy mustaqillikka ega va o`z faoliyati natijalari uchun mas`uldir. Tijorat banklarining mijozlar bilan o`zaro munosabatlari bozor munosabatlariga, ya`ni ixtiyoriylik va o`zaro manfaatdorlikka asoslanadi.

Yüklə 411,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin