nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim(3.2-chizma).
O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.)
va moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va
boshqalar)dan iborat bo‘ladi.
Xizmat ko’rsatish sohasi
3.2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar)
va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib,
birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna,
xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol
buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida
ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy
soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular
o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Moddiy
ne’matlar ishlab
chiqarish
Moddiy
xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
ne’matlar ishlab
chiqarish
|