Davlat, jamiyat va shaxs manfaatlarini himoya qilish davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va xavfsizlikni ta`minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasida shakllangan iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta`minlash tizimi quyida bayon etilgan.
Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish yoki uning oldini olishda milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishning u yoki bu usulidan foydalaniladi. Bunda ular tajovuzni bartaraf etish yoki uning ta`sirini kamaytirshga yo`naltirilgan chora-tadbirlardan iborat bo`ladi
Davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish usullariga mavjud resurslar va ulardan foydalanish usullari kiradi. Davlat o`zining, jamiyat va shaxsning manfaatlarini himoya qilish va xafsizligini ta`iminlashda iqtisodiy, huquqiy, axborot, intelektual va boshqa resurslardan foydalanadi. Xavf-xatarning agressivlik darajasiga qarab himoyaning kelishuv, qo`rqitish, qarshilik , zo`rlash yoki majbur etish kabi shakllari qo`llaniladi.
Jamiyat va shaxs o`z manfaatlarini himoya qilish imkoniyati kam bo`lganligi sababli asosan davlat himoyasiga tayanadi. Shu bilan birga jamiyat va shaxsning hayotiy zarur manfaatlari himoyasi bilan shug`ullanuvchi nodavlat tizimi ham mavjud.
Milliy iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish shakl va vositalarini tanlash davlatning siyosati strategiyasi va iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi O`zbekiston Respublikasi qabul qilgan milliy xavfsizlik konsepsiyasining asosiy bo`limlaridan biri hisoblanadi. U O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini , milliy boyligini ichki va tashqi xavf- xatarlardan himoya qilishni ko`zda tutadi. Ushbu konsepsiya bu boradagi siyosatni belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash siyosati – O`zbekiston Respublikasining miliy va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan va ma`lum davr ichida olib boriladigan siyosat va harakatlardir.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash strategiyasi –bu , davlat, jamiyat va shaxsni real xavf-xatarlardan himoya qilish harakatlaridir. Bunda xavfsizlikni ta`minlash resurslari, usullari, organlari va shakllaridan foydalaniladi.
O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash konsepsiyasi
O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash organlari, kuchlari, vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bular, o`z navbatida, quyidagilarni o`z ichiga oladi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, jamiyat va boshqa tashkilotlar, birlashmalar, iqtisodiy xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqarishda va amalga oshirishda bevosita qatnashuvchi fuqarolar.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash va boshqarish organlariga quyidagilar kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri xalq hokimiyatidir.
Respublikada xalq –davlat hokimiyatining, davlat dahlsizligining birdan-bir manbaidir.
Xalq davlatni boshqarishni bevosita yoki saylab qo`yilgan o`z vakillari orqali amalga oshiradi. Xalqning bevosita boshqarish vositalari asosi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va ayrim maxsus qonunlarda belgilangan. Xalq tomonidan davlatni bevosita boshqarish vositalariga xalq deputatlari kengashlariga saylovlar, davlat siyosatidagi muhim masalalarni xalq muhokamasiga qo`yish, saylovchilarning yig`ilishlari, xalq deputatlarini muddatdan oldin chaqirib olish va hokazolarni kiritish mumkin. Ularni o`tkazish tartibi ham tegishli qonunlarda belgilangan.
Xalq davlatni o`z vakillari orqali boshqarish –O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylangan deputatlari orqali boshqarishdir.
Xalq tomonidan faqat u saylagan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi a`zolari ( deputatlar) va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Prezident O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari oliy boshqaruvini amalga oshiradi va Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo`mondoni hisoblanadi. U respublika mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, mamlakat manfaatlariga qurolli xavf paydo bo`lgan holatlarda uning suveriniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko`radi va hokazolar.