Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich 21. 110-guruh talabasi muhammadjonov oqiljonning tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 29,06 Kb.
səhifə2/6
tarix26.11.2022
ölçüsü29,06 Kb.
#119991
1   2   3   4   5   6
Mikroiqtisodiyot Muhammadjonov Oqiljon

Byudjet indeksi — aholining ayrim toifalari isteʼmol toʻplami (isteʼmol savati)ga kiradigan muayyan isteʼmol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi oʻzgarishlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi oʻsishi bilan boglik boʻlgan asosiy isteʼmol harajatlarini, bozor qiymatidagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Byudjet indeksi aholi isteʼmol qiladigan muayyan tovarlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga sarflangan ayni davrdagi harajatlarni oʻtgan (bazis) davrdagi harajatlarga nisbatan qanday oʻzgarganligini koʻrsatadi. Byudjet indeksi aholi farovonligini baholashda eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Bazis narx — 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari (mas, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti va boshqalar) dagi oʻzgarishlarni, indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. Turli yillarda narxlar oʻzgarib turgani uchun mazkur koʻrsatkichlar dinamikasini narxlarga qarab hisoblab boʻlmagan, shu sababli hisobkitob hamda rejalashtirish ishlarida Bazis narx qoʻllanilgan; 2) sifat koʻrsatkichlari aniq boʻlgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. Haqiqiy narxlarga nisbatan oʻrta mezon vazifasini bajaradi. Sifati belgilangan (bazis) koʻrsatkichlarda farq qiladigan tovarlar yetkazib berilganda narx darajasi tovar sifati Bazis narx ga ustamalar yoki tashlamalar yordamida belgilanadi.

Talab va taklif qonuniga kora narx belgilash
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kelgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.


Yüklə 29,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin