Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab D chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi.
Muvozanat narx
Pe (3.11-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori
QS ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori QD ga tenglashtirsa, ya'ni QS QD .
P
Pe chizig‘iqlari yagona muvozanat E nuqtada kesishadi. Pe va nuqta E ning koordinatlari hisoblanadi. Qe nuqtalar, muvozanat Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat
Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati. Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi. Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi. Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:
Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, B
Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.
To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi. Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.